"Qayrat" "Seltik" to'sig'idan o'tsa, necha million dollar ishlab oladi?

Narzulla Saydullayev
21 avg 2025
Kecha Qozog'istonning "Qayrat" klubi Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichida Shotlandiyaning "Seltik" klubiga qarshi o'ynadi.

Shotlandiyada o'tgan birinchi bahsda 0:0 hisobi qayd etildi.



26 avgust kuni Qozog'istondagi javob o'yinida "Qayrat" g'alaba qozona olsa YCHL asosiy liga bosqichiga yo'llanma oladi.

UEFA YCHL liga bosqichiga chiqqan har bir klubga o'tgan mavsumda 18 620 000 evro to'lab bergan. Bu bosqichdagi har bir g'alaba uchun 2 100 000 evro, durang uchun 700 000 evro beriladi.

Bordiyu "Qayrat" "Seltik"ni yuta olmasa Yevropa ligasi asosiy liga bosqichida ishtirok etadi. Bu kafolatlangan. UEFA Yevropa ligasi asosiy liga ishtirok etadigan har bir klubga 4 310 000 evro to'laydi. Har bir klub bitta g'alaba uchun 450 000 evro, durang uchun 150 000 evro ishlab oladi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia