

"Biz pley-off bosqichi boshidan beri juda tiqilinch VAR tizimini kuzatmoqdamiz. Bu bizga yoqadimi yoki yo'qmi, unga ko'nikishimizga to'g'ri keladi. Bu juda arzimas oyoq bosish holati, VAR falsafasiga ko'ra, bu epizodni qayta ko'rib chiqish emas, balki bosh hakam [Letekse] ning qarori deb baholash kerak edi.
Asosiy muammo shundaki, o'yin qoidalari doimo universal bo'lgan, yani butun dunyoda bir xil. VAR paydo bo'lganidan buyon ushbu instrument yagona mezonsiz ishlatilmoqda, shu sababli o'yinchilar va muxlislar turli turnirlardagi turli xil talqinlar tufayli nima qilarini bilmay, boshi qotib qolmoqda", – dedi Iturralde.



