Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv o'yinida bitta jamoada o'ynamaydi. Sababi ma'lum

28 noya 2026, 08:05
Argentina terma jamoasi va "Boka Xuniors" sobiq futbolchisi Karlos Tevesning xayrlashuv o'yinida argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu, garchi buni forvardning o'zi avvalroq e'lon qilgan bo'lsa-da, bitta jamoa safida maydonga tushmaydi.

"Inter Mayami"ning X ijtimoiy tarmog'idagi arabcha akkaunti xabar berishicha, futbolchilar bir jamoada o'ynay olishmaydi, chunki o'sha kuni - 20 dekabrda Krishtianu Ronaldu Kuvaytda bo'lib o'tadigan Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida "Al-Nassr" tarkibida "Al-Xolud"ga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 2026 yil dekabr oyiga rejalashtirilgan va Buenos-Ayresdagi "La Bombonera" stadionida o'tkazilishi kerak. Teves Ronaldu bilan "Manchester Yunayted"da, Messi bilan esa Argentina terma jamoasida birga o'ynagan.

O'xshash yangiliklar