So’nggi yangiliklar

14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  0 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  5 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  1 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  9 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  8 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  5 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  10 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  27 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  3 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4

Superliga. "Neftchi" "Mashal"ni total ustunlik bilan yutdi va etakchilikni qo'lga oldi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" "Mashal"ni total ustunlik bilan yutdi va etakchilikni qo'lga oldi

Superliga 20-turidan joy olgan bellashuv yakuniga etdi.

Superliga

20-tur

"Neftchi" – "Mashal" 3:0  

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Gol: Joel Kojo (Ibrohimhalil Yo'ldoshev) 33', Anvar G'ofurov 62', Joel Kojo (Abror Ismoilov) 70'

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Botirjon Otaboev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Akmal G'iyosov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (11.Quvondiq Ro'ziev, 74), 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov (77.Bilol Toshmirzaev, 74), 9.Joel Kojo (32.Zoran Marushich, 74), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov (24.G'ulom Haydar Gulyamov, 85), 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (8.Vladimir Yovovich, 46), 23.Yovan Jokich.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 15.Shahzod Nematjonov, 33.Shohrux Yoqubjonov, 70.Silvanus Nimeli.

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 6.Javohir Abdualimov (9.Ibrohim G'anixonov, 72), 7.Islombek Baratov (13.Nuriddin Nuriddinov, 77), 8.Sardor Abduraimov (55.Farruh Toshpo'latov, 81), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov (37.Sherzod Fayziev, 81), 17.Anvar Murodov (57.Aminu Umar, 72), 22.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 34.Shaxboz Jo'raev, 80.Dmitriy Yashin.

Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 24.Avazxon Mamatxo'jaev.

Ogohlantirishlar: Islombek Baratov (3), Ergash Ismoilov (4), Ibrohimhalil Yo'ldoshev (59).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

87. Zarbaa! "Neftchi" 4 ga 2 hujumga o'tdi. Yakunda Marushich chap oyoqda noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

85. "Neftchi"da almashtirish: G'ofurov o'rniga Gulyamov bahsni davom ettiradi. 

81. "Mashal"da 2 ta o'zgarish: Abduraimov o'rniga Toshpo'latov, Aliqulov o'rniga Fayziev tushdi. 

78. Uuux! Ismoilovning uzatmasidan keyin Nuriddinov bosh bilan darvozani nishonga oldi, Ergashev zarbani bartaraf qildi. 

77. "Mashal"da almashtirish: Baratov o'rniga Nuriddinov uchrashuvga qo'shildi. 

74. "Neftchi"da 3 ta o'zgarish: Aliboev o'rniga Ro'ziev, Kojo o'rniga Marushich, Ismoilov o'rniga Toshmirzaev tushirildi. 

72. "Mashal"da 2 ta almashtirish: Murodov o'rniga Aminu, Abdualimov o'rniga G'anixonov qo'shildi. 

70. GOL! Ismoilovning ichkariga oshirib bergan pasidan so'ng Yashin to'pni tepib yuborolmadi va hujumchi Kojo uni mahorat bilan darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi – 3:0!  

67. Zarbaa! Ibrohimhalilning o'ta kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

66. Uchrashuv qizigandan qizidi. Bugun To'xtaboevga juda qiyin bo'lmoqda, himoya uni og'ir ahvolda qoldirmoqda. 

62. GOL! Ubaydullaev bosh bilan zarba bergach, To'xtaboev uni qaytardi, qaytgan to'p Anvar G'ofurovga etib keldi va u mo'ljalda adashmadi – 2:0!

62. Yovovich sal qolsa, jarima maydonchasi ichiga yorib kirardi, ammo mehmonlar himoyasi o'z vaqtida ulgurib qoldi. 

59. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Murodovga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

59. Zarbaa! Ismoilovning chap oyoqda bergan kuchli zarbasini To'xtaboev qaytarishga erishdi! 

57. Uuux! Kojoning uzoq masofadan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Dahshat! 

54. Kojo to'pga intilish chog'ida muborakliklar darvozaboniga nisbatan qoidani buzdi. 

52. Uuux! Baratovning olisdan bergan kuchli zarbasi Ergashev tomonidan bartaraf etildi.

48. Zarbaa! Iskanderovning pasidan so'ng Jokich darvozani emas, himoyachilarni poyladi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Neftchi"da o'zgarish: Odilov o'rniga Yovovich bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+2. Zarbaaa! Yo'ldoshevning havolatib oshirib bergan to'pini Odilov bosh bilan darvoza tomon yo'naltirdi, noaniq. 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Uuuux! Yo'ldoshevning qulay pasidan so'ng Jokich darvozaga yaqin nuqtadan aniq zarba yo'llay olmadi... 

42. Dostonbek To'xtaboev himoyachini aldashga kirishib ketdi va yakunda to'pni yon chiziqqa tepib qo'ya qoldi. 

39. Zarba! Yovan Jokich yaqin masofadan juda kuchli, ammo o'ta noaniq zarba yo'lladi... 

36. Zarba! Iskanderovning burchak zarbasidan keyin Ciger bosh bilan zarba berdi, noaniq. 

33. GOL! Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'ziga xos reyddan so'ng ichkariga pas uzatdi, Kojo bosh bilan to'pni darvozaga kiritdi – 1:0!  

33. Aliboev - Iskanderov - Ismoilov kombinaciyasidan keyin Abror muvaffaqiyatsiz uzatmani amalga oshirdi. 

30. Zarba! "Neftchi"ning uzoq paslashuvidan so'ng epizod yakunida Aliboev chap oyoqda aylanma zarba berdi, noaniq. 

28. Murtozaev yaxshi poziciyaga chiqib borayotgandi, biroq to'pni ushlab qololmadi va Jokich to'sig'iga uchradi. 

26. "Maestro" Iskanderov Kojoni darvozabon bilan birga-bir holatga olib chiqmoqchi bo'ldi, ammo to'p tezligi sal oshib ketdi.  

21. Ismoilovning havodan oshirib bergan to'pini farg'onalik himoyachilar uzoqlashtirishdi. 

20. Jokich Murodovga nisbatan qoidani buzdi, "Mashal"da standart vaziyat. 

15. Zarba! Odilovning kuchli zarbasidan so'ng darvozabon to'pni ilib olishga erishdi. Ajoyib!  

14. Zarbaaa! Ibrohimhalil Yo'ldoshevning mahorat bilan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon To'xtaboev bartaraf etdi! 

12. Zarbaaa! Odilovning chep oyoqda erlatib zarba berdi, darvozabon To'xtaboev o'z o'rnida!

11. Zarbaaa! Yo'ldoshev qulay nuqtaga chiqib borib, zarba yo'lladi, sal noaniq. 

7. Iskanderovning burchak zarbasidan tepgan to'pi uzatma emas, zarbaga aylanib ketdi. Ammo noaniq zarba. 

4. Ismoilov ortdan turib Iskanderovga nisbatan o'ta qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

3. Baratov Yo'ldoshevni qo'pollik evaziga yiqitdi va sariq kartochka oldi.  

2. "Mashal" to'pga egalik qilgan holda oldinga otlanmoqda. "Neftchi" esa to'pni olib qo'yishga harakat qilyapti. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

+11   
21 avg 20:57:34
Азим Исмаилов
BOBIRBEK_URINOV⚽️ foydalanuvchining fikriga javob berish
МАШЪАЛ УЙИНЛАРНИ СОТАВЕР ТУГРИ КИЛАСАН!!!
Насафга ютказса сотилмаган буладию нефтчига ютказса сотилган буладими?????
+6   
21 avg 20:23:03
Dima
Yirik xisob boladimi deymanda
+6   
21 avg 19:00:38
juve&neftchi
3:0 га ютамиз
+5   
21 avg 19:45:43
Elyor Hasanov
BOBIRBEK_URINOV⚽️ foydalanuvchining fikriga javob berish
МАШЪАЛ УЙИНЛАРНИ СОТАВЕР ТУГРИ КИЛАСАН!!!
Озгина тобингиз йўқ шекилли...
+4   
21 avg 21:14:02
Адхамжон Низамов
BOBIRBEK_URINOV⚽️ foydalanuvchining fikriga javob berish
МАШЪАЛ УЙИНЛАРНИ СОТАВЕР ТУГРИ КИЛАСАН!!!
Сал уйлаб фикр юритинглар.Уйин сотилмайди.Нефтчи халол уйин оркали ютди
+4   
21 avg 20:25:48
Leicester City
Neftchiga omad
+4   
21 avg 19:05:28
Камолиддин Каримов
Нефтчи чемпион!!!!
+4   
21 avg 18:44:42
Kane 010 Kane 010
Kojo dan hat trick ko'ramiz bugun
+4   
21 avg 18:36:45
Неф69
Нефтчи факат галаба!
+3   
21 avg 21:19:46
Мирик с Бухары
Осие Чемпионлар лигаси томон яна бир ишончли кадам. Бос "Нефтчи". Халкаро майдон сени кутяпти
+3   
21 avg 18:58:15
Doktor D
Нефтчи ютса керак 2-1 га фол очишмас просто тахмин
+3   
21 avg 18:53:02
Job Ir
Кушгиларга омад. Водий олга факат ва факат галаба кутамиз
+3   
21 avg 18:30:43
ManUBarca
Neftchi champion hudo hohlasa
+2   
21 avg 21:12:41
Davlatbek Alibekov
Азим Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Насафга ютказса сотилмаган буладию нефтчига ютказса сотилган буладими?????
Насафга ютказса сотилган бу'лади Нефтчига ютказса кучи етмаган бу'лади
+2   
21 avg 20:37:19
Неф69
Бугун Нефтчи том маънода кутурди!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика