"Andijon"ning asosiy futbolchisining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi
18 noy 08:45
Yangiliklar
"Andijon"ning asosiy futbolchisining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi
"Andijon" darvozaboni Erjan Tokotaevning jarohati haqida qo'shimcha malumot berildi.
"Superliganing 28-turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “Andijon” uchrashuvining 17-daqiqasida jamoamizning qirg'izistonlik darvozaboni Erjan Tokotaev oyog'idan olgan jarohati tufayli majburiy ravishda o'zgartirilgandi.
Afsuski, tekshiruv natijalariga ko'ra, darvozabonning jarohati jiddiyroq bo'lib chiqdi.
Jamoamiz shifokori G'ofurjon Jo'raev Erjan Tokotaevning jarohati haqida malumot berdi. Unga ko'ra, chap tizza bo'g'imining ichki payini yirtilishi bilan bog'liq tashxis aniqlandi. Bu borada jarrohlik amaliyoti yoki davolash muolajalari ko'zda tutilgan.
Tokotaevga tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz", - deb fikr bildirilgan andijonliklar klubining matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar