"Andijon"ning asosiy futbolchisining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

Khoja
18 noya 2025, 08:45
"Andijon" darvozaboni Erjan Tokotaevning jarohati haqida qo'shimcha ma'lumot berildi.

"Superliganing 28-turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “Andijon” uchrashuvining 17-daqiqasida jamoamizning qirg'izistonlik darvozaboni Erjan Tokotaev oyog'idan olgan jarohati tufayli majburiy ravishda o'zgartirilgandi. 

Afsuski, tekshiruv natijalariga ko'ra, darvozabonning jarohati jiddiyroq bo'lib chiqdi. 

Jamoamiz shifokori G'ofurjon Jo'raev Erjan Tokotaevning jarohati haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, chap tizza bo'g'imining ichki payini yirtilishi bilan bog'liq tashxis aniqlandi. Bu borada jarrohlik amaliyoti yoki davolash muolajalari ko'zda tutilgan.

Tokotaevga tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz", - deb fikr bildirilgan andijonliklar klubining matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @andijonpfc