Osiyo kubogi-2027 saralashi. Tojikiston safarda yirik g'alabaga erishdi
18 noy 13:52
Yangiliklar
Osiyo kubogi-2027 saralashi. Tojikiston safarda yirik g'alabaga erishdi
Tojikiston terma jamoasi safarda Sharqiy Timor mehmoni bo'ldi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bugungi g'alabadan keyin Tojikiston hozircha o'z guruhida 1-o'ringa chiqib oldi. Birozdan so'ng Filippin Maldiv orollari mehmoni bo'ladi.
Osiyo kubogiga faqat 1-o'rinni egallagan jamoalar yo'llanma olishadi. Tojikiston so'nggi turni mart oyida o'z uyida Filippinga qarshi o'tkazadi.
Osiyo kubogi-2027 saralashi
"A" guruhi. 5-tur
Sharqiy Timor - Tojikiston – 0:5
Gollar: Shervoni Mabatshoev, 22 (0:1). Ehsoni Panshanbe, 24 (0:2). Shervoni Mabatshoev, 43 (0:3). Muhammadjon Rahimov, 82 (0:4). Sheriddin Boboev, 86 (0:5).
Tojikiston: Rustam Yatimov, Zoir Jo'raboev, Sodiqjon Qurbonov (Alijon Karomatullozoda, 70), Tabrez Islomov, Manuchehr Safarov, Amirbek Jo'raboev, Shervoni Mabatshoev (Ahtam Nazarov, 81), Parvizjon Umarboev (Muhammadjon Rahimov, 46), Alisher Shukurov, Ehsoni Panshanbe (Shahrom Samiev, 70), Rustam Soirov (Sheriddin Boboev, 70).
O'yinning eng yaxshi futbolchisi: Shervoni Mabatshoev (Tojikiston).
18 noyabr. Darvin. "Regbi ligasi" stadioni. 500 tomoshabin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar