So’nggi yangiliklar

07:45ПСЖ Ямал учун қанча таклиф қилгани маълум  3 02:55АПЛ. Кэррикнинг мағлубиятсиз серияси давом этади: "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Эвертон"ни мағлуб этди  9 00:17"Бу — шармандалик!" — Паулу Фонсека Трампга Тинчлик мукофоти берилгани ва ЖЧ-2026 АҚШда ўтишига қарши чиқди  9 00:00"Эвертон" — "Манчестер Юнайтед": Таркиблар маълум!  7 23:25"Милан" футболчиси жағ қисмидаги синиш сабаб узоқ муддатга сафдан чиқди  2 22:52Можаро авжида: Престианни Мбаппе ва Винисиусни судга бермоқчи!  13 22:19"72 йил давомида ҳакамлар бошлиғи "Реал" одамлари бўлган!" — Лапорта "Негрейра иши" бўйича баёнот берди  19 21:52"У 10 нафар футболчини алмаштирмоқчи эди" — Лапорта Хавининг истеъфоси ҳақидаги ҳақиқатларни очиқлади  10 21:20"Роналду ЖЧни ютмаса ҳам тарихдаги энг буюги бўлиб қолаверади" — Роберто Мартинес  10 20:47Моуринью яна "бойкот" эълон қилди: "Special One" Мадриддаги матбуот анжуманига кирмайди  8 20:32ФИФАдан янгилик: Энди жароҳат олган футболчилар майдон ташқарисида 1 дақиқа қолишга мажбур бўлади!  7 20:02Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Ривожланиш Кубогида бронза медалига эга чиқди  7 19:49"Бунёдкор" "Шўртан" билан дуранг ўйнади  2 19:34Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди  29 19:12"Ювентус" мартда Влахович билан учрашув ўтказади  1

"Neftchi": Bugun 10 ming dona chipta sotildi, chunki... Yangiliklar

"Neftchi": Bugun 10 ming dona chipta sotildi, chunki...

Teglar :  Neftchichiptalar
Ayni paytga kelib “Neftchi” – “Qizilqum” uchrashuviga bo'lgan qiziqish nihoyatda yuqori bo'lgani sababli, sotuvga chiqarilgan chiptalar bugunning o'zidayoq to'liq sotib bo'lingani haqida xabar berilgan edi.

Shu munosabat bilan ko'plab muxlislarimizdan “chiptalar qanday qilib bu qadar tez sotib bo'ldi?” degan savollar kelmoqda.

Muhtasham “Istiqlol” stadionining umumiy sig'imi 18 867 nafar muxlisni tashkil etadi. Shundan:

889 ta o'rin — tartibni saqlash xodimlari uchun,

13-sektordagi 447 ta o'rin — mehmon jamoa muxlislari uchun,

qolgan 17 531 ta o'rin — Farg'onalik muxlislar uchun ajratilgan.

Mavsum boshlanishidan avval klub tomonidan yillik abonementlar savdosi yo'lga qo'yilgan bo'lib, muxlislar tomonidan 7 445 dona abonement xarid qilingan. Qolgan 10 086 ta o'rin uchun esa har bir uy uchrashuvi oldidan alohida chipta savdosi amalga oshirilmoqda.

22-noyabr kungi uchrashuvga ham aynan 10 086 dona chipta sotuvga chiqarildi. Chiptalar bir shaxsga 5 donadan oshmagan holda, “Istiqlol” stadionidagi kassalarda hamda Marg'ilon shahridagi maxsus kassamizda joylashgan 6 nafar chipta sotuvchi tomonidan sotildi.

Jamoamiz har bir muxlisini qadrlaydi. 24 yillik orzu ushalishiga juda oz qoldi. Biz ushbu tarixiy kunda sizning yonimizda bo'lishingizni istaymiz.

Chiptaga ulgurmagan muxlislarimiz uchun stadion atrofida katta monitorlar o'rnatildi — birgalikda bir kuchmiz!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика