So’nggi yangiliklar

01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  16 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  1 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  123 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  46 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  9

Markaziy Osiyo. "Qayrat" yutqazdi, "Istiqlol" kubokdan chiqib ketdi, o'zbekistonlik Maradona esa top-assistentlardan biriga aylandi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. "Qayrat" yutqazdi, "Istiqlol" kubokdan chiqib ketdi, o'zbekistonlik Maradona esa top-assistentlardan biriga aylandi

Markaziy Osiyo mamlakatlari musobaqalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

Qozog'iston chempionatida 21-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

"Qayrat" – "Elimay" – 2:3

"Qiziljar" – "Jenis" – 1:1 

"Turan" – "Qaysar" – 1:0

"Aqtobe" – "Oqjetpes" – 2:1

"Astana" – "Ulitau" – 4:0

"Ordabasi" – "Tobil" – 2:3

"Jetisu" – "Atirau" – 0:0

Turnir jadvalida "Astana" va bir o'yin ko'p o'tkazgan "Qayrat" peshqadamlik qilmoqda. "Tobil" ikki ochko ortda qolgan holda eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

Tupurarlar jadvalida Dauren Jumat va Nazmi Gripshi 9 tadan gol urgan holda etakchilik qilmoqda.

TOJIKISTON

Tojikiston chempionatida 15-tur o'yinlari davom etmoqda. Tur uchrashuvlari 23 avgust kuni yakunlanadi.

Turnir jadvalida Dushanbening KMVA klubi 31 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, bir o'yin kam o'tkazgan "Istiqlol" hisobida 30 ochko mavjud.

Shuningdek, Tojikiston kubogi finali sanasi tasdiqlandi. Tursunzodaning "Regar-TadAZ" va Xo'jandning "Esxata" jamoalari 14 sentyabr kuni bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Eslatib o'tamiz, turnir favoriti "Istiqlol" chorak finalda musobaqani tark etgan.

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

Qirg'iz Respublikasi chempionatida 17-tur o'yinlari yakunlandi. Turnir jadvalida "Muras Yunayted" peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, birato'la uch klub peshqadamni taqib qilmoqda.

To'purarlar jadvalida "O'shMU"ning braziliyalik hujumchisi Romario Richard 13 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. 

Eng yaxshishi assistentlar reytingida esa "Abdish-Ata" sardori Erbol Atabaev 11 ta golli uzatma bilan etakchilik qilmoqda. Keyingi o'rinlarda borayotgan "O'shMU"ning o'zbekistonlik futbolchisi Maradona Safarov hisobida 7 ta assist mavjud.

18-tur o'yinlari bugun start oladi.

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida 18-tur o'yinlari ortda qoldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Turnir jadvalida OCHL-2 musobaqasida "Andijon" klubining bo'lajak raqibi "Arkadag'" yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Yaqin taqibchi "Ahal" bilan tafovut 25 ochkoni tashkil etadi.

 

Reyting:    

Fikrlar

   
21 avg 23:15:39
Koku
19 та уйинда 81 та гол, туркманистонда хакикат биздан Кура йукрок экан, узимиззи супер лига яхшиии,Аркадагни ютган жамоа уйинчиларни расстрелять
   
21 avg 18:19:06
Tolqin
Туркманистонда бирорта жамоа Аркадағни ютиб қўйса ўша ўйинни бошқпоган хакам пакамлари билан бир умрга қамалиб кетса керак
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика