So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Ilyos Zeytullaev: "Chempionat oxiriga keldik, jamoamizda toliqish bor" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Chempionat oxiriga keldik, jamoamizda toliqish bor"

Superliga 28-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Dinamo" (1:3) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Birinchi taym qiziq kechdi, faqat taym oxirlarida gol o'tkazib yuborganimiz alamli bo'ldi. Ikkinchi taymda esa toliqib qolganimiz ko'rindi, chunki besh kun oldin "Paxtakor" bilan o'ynab ko'p kuch yo'qotgandik. "Dinamo"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz oxirigacha harakat qildik, lekin ko'p narsa o'xshamadi. Mag'lubiyatdan fojea yasash kerak emas deb hisoblayman. Ishlashda davom etamiz.

- Jamoada darvozabonlar almashib turgani bilan "Bunyodkor" ko'p gol o'tkazyapti.

- Men bu haqda kiyim almashtirish xonasida yigitlarga ham aytdim: futbol - jamoaviy o'yin, yutqazsak aybdor faqat bir kishi bo'lmaydi. Yutsak hammamiz xursand bo'lamiz to'g'rimi? Xuddi shunday mag'lubiyatga uchrasak ham hamma xafa bo'lishi kerak. Ayb faqat darvozabonlarda emas, ko'p hollarda butun jamoa bo'lib diqqatni yo'qotib qo'yyapmiz. "Dinamo"da yaxshi futbolchilar ko'p, bugun raqib o'z imkoniyatlaridan foydalanadi, biz esa foydalana olmadik.



- "Dinamo"ning asosiy futbolchilarida jarohat bor. Jamoa yoshlar bilan o'ynab ham yutib keta oldi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Balki bu bahonadek ko'rinishi mumkin, lekin besh kun oldin maydonga tushgan bilan sakkiz kun oldin o'ynagan orasida farq bor. Haftalik ciklda maydonga tushish juda yaxshi. Futbolchilarga bemalol dam berasan, mashg'ulotlar ham zo'r o'tadi. Chempionat oxiriga keldik, jamoamizda toliqish bor. O'ylashimcha, bugun "Dinamo" futbolchilari tetikroq edi.

- Bilamizki, "Bunyodkor" yoshlarga ko'p imkon beradi. Kelasi turlarda boshqa yoshlarni maydonda ko'rishimiz mumkinmi?

- Yoshlarga etibor berayotganimizni aytib o'tganingizdan xursandman. Bu yil ko'p futbolchilar safimizda debyut qilishdi. Lekin men avvalo yoshlarning o'yiniga qarayman, marhamat, kim mashg'ulotda o'zini ko'rsatsa albatta maydonga tushish imkoniga ega bo'ladi. Tarkibimiz yosh va ishlashda davom etyapmiz. Jadvaldagi o'rnimizga qarab bemalol yaxshi mavsumni o'tkazdik deb ayta olaman. Chindan ham tarkibimiz ancha yosh. Akademiyamiz bu borada yaxshi ish olib boryapti. Shuni etiborga oling, men shunchaki yoshlar o'ynashi kerak ekan deb futbolchilarni maydonga tushirmayman. Kim haqli bo'lsa, kim o'zini ko'rsatsa shu o'ynaydi.

- Etakchi futbolchilarning shartnomasi tugayapti deb eshitdik.

- Avval chempionatni tugatib olaylik. Keyin rahbariyat bilan bu haqda gaplashamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

-1   
09 noy 09:03:00
mirabzal
бунёдкор ланж кайодиги динамани юутомади уят шармандала
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика