QPL top-klubi "Bunyodkor" futbolchisiga ko'z tikdi
03 noy 2025 17:44
Yangiliklar
QPL top-klubi "Bunyodkor" futbolchisiga ko'z tikdi
"Bunyodkor" chap qanot himoyachisi Itsuki Urata faoliyatini Qozog'iston Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Urataning o'zbek klubi bilan shartnomasi 2025 yilning oxirida tugaydi va yaponiyalik futbolchining o'zi "Bunyodkor"da qolishni rejalashtirmayapti.
Qozog'istonning bir nechta klublari futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va "Aktobe" davogarlardan biri. Agar Nikolay Kostovning jamoasi Bogdan Vatejeluni saqlab qolmasa, Urataga etibor qaratiladi.

28 yoshli yaponiyalik futbolchi ushbu mavsum "qaldirg'ochlar" safida 17 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar