QPL top-klubi "Bunyodkor" futbolchisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
3 noya 2025, 17:44
"Bunyodkor" chap qanot himoyachisi Itsuki Urata faoliyatini Qozog'iston Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Urataning o'zbek klubi bilan shartnomasi 2025 yilning oxirida tugaydi va yaponiyalik futbolchining o'zi "Bunyodkor"da qolishni rejalashtirmayapti.

Qozog'istonning bir nechta klublari futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va "Aktobe" da'vogarlardan biri. Agar Nikolay Kostovning jamoasi Bogdan Vatejeluni saqlab qolmasa, Urataga e'tibor qaratiladi.

28 yoshli yaponiyalik futbolchi ushbu mavsum "qaldirg'ochlar" safida 17 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Aladop.kz