Bundesliga. "Bayer" 6:0 hisobida g'alaba qozondi, "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" mehmonda ochko yo'qotdi
08 noy 2025 23:38
Yangiliklar
Bundesliga. "Bayer" 6:0 hisobida g'alaba qozondi, "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" mehmonda ochko yo'qotdi
Germaniya Bundesligasi 10-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.
Danilo Duki 27-daqiqadagi goli bilan "Union"ning maydondagi ustunligini hisobga ko'chirdi. Ammo, "Bavariya" yarim himoyachisi Luis Dias aqlbovar qilmas goli bilan hisobni tenglashtirdi. Duki 83-daqiqada yana katta sahnaga chiqdi. "Bavariya" esa 90+3 da Xarri Keynning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.


"Bayer" birinchi bo'limdayoq hisobni 5:0 ko'rinishiga keltirgan edi (yakuniy hisob — 6:0). Gollarga Patrik Shik (dubl), Jonas Xofmann, Ernest Poku va Ibrahim Maza (dubl) mualliflik qildi.


Karni Chukvuemeka 64-daqiqada dortmundliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar o'yinchisi Ransford Kenigsdorffer 90+7 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, yakuniy hisob durang bo'lishini taminladi.


O’xshash yangiliklar
02:17
Afrika Millatlar Kubogi. Osimxendan dubl, Lukmandan "gol+pas": Nigeriya Mozambikni tor-mor etdi 5
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar