So’nggi yangiliklar

14:17Ҳоланд изидан: "Манчестер Сити" норвегиялик вундеркинд билан шартнома имзолашга яқин  0 13:48СҚБ халқаро мусобақада ғолиб чиқди  0 13:19"Челси" КЖЧ учун қайдномасини эълон қилди  0 12:51Дунёнинг энг кучли футбол лигалари эълон қилинди. АПЛга қайси лига рақобатчи?  11 12:26Англия терма жамоаси тарихда илк бор Африка жамоасига мағлуб бўлди  3 12:02ЖЧ саралаш учинчи босқич якунлари. Тўртинчи босқич қачон бўлади?  22 11:36Доннарумма ПСЖни тарк этиши мумкин. Клуб янги шартнома бўйича келишувга эриша олмади  10 11:02“Бавария“ Испания МТЖ аъзосини сотиб олмоқчи  0 10:36“Бетис“ Антони бўйича МЮга таклиф билан чиқди  0 10:10“Бавария“ футболчиси фаолиятини “Ал Насср“да давом эттириши мумкин  0 09:45“Интер“нинг клублар ўртасидаги ЖЧга қайдномаси маълум  1 09:17Саудия Арабистонликлар яна бир топ мураббийни лигага олиб келишмоқчи  2 08:49“Ювентус“ мураббий борасида бир қарорга келди  1 08:20ПСЖ 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 07:52Трнет Александер-Арнольднинг “Реал“даги рақами маълум  5

Murod Ismoilov: "0:4ga hech qanday izoh yo'q" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "0:4ga hech qanday izoh yo'q"

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Murod Ismoilov qatnashdi.

"Bugun umuman o'yin qovushmadi. Bu erda hech qanday izoh yo'q. O'yinni ko'rib chiqqanimizdan keyin fikr bildirishim mumkin", - deydi Murod Ismoilov.

-   Jamoa nega bu darajada sust o'ynadi?
-   Bu narsani tushuntirib berish qiyin. CHunki jamoani shakllantirishda man bevosita ishtirok etganman, demak, men aybdorman.

-   Mirjalol Qurbonov nega almashtirildi?
-   U o'yinga tayyor emas ekan. Ancha vaqt betob bo'lib yurgandi, harakat qildik, lekin tayyor bo'lmadi.

-   Jamoaga nima etishmadi?
-   Bizga ko'p narsa etishmadi. Raqib kuchli, xatolarimizni ko'rdik.

-   CHiziqlar orasida bog'liqlikni ko'rmadik!? Bu o'zgarishlar bilan bog'liqmi?
-   Tarkibda o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Yangi futbolchilar ko'p. SHunday bo'lsada, biz yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak edi.

-   Jamoa faqat Zokirovga o'ynadi? Boshqacharoq ko'rsatma berilsa bo'lmasmidi?
-   Ko'p ko'rsatmalar bergandik, ammo ulardan foydalana olmadik. Yana qaytaraman, futbolchilarni tanlashda adashganman. Lekin bundan uchrashuvlar bo'ladi, o'yin chiqmadi.

-   O'yinchi tanlashda xatolik shu o'yin bilan bog'liqmi yoki selekciya?
-   Bu o'yinga ham, selekciyaga ham.

-   Bir vaziyatda futbolchingiz qulay imkoniyat bo'lishiga qaramasdan darvozaga zarba bermadi. Kishi shubhalanishi mumkin?
-   SHubha xayolimda yo'q. O'sha vaziyatda mahorat rol o'ynadi. Men yigitlarimga yuz foiz ishonaman.

-   O'rinbosarlar safida iqtidorli yoshlar bormi?
-   Yoshlar bor, ammo hali ularga vaqt kerak. Ammo ochig'ini aytaman, ularning soni u qadar ko'p emas.


Furqatbek Nishonov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика