“Bavariya“ Ispaniya MTJ azosini sotib olmoqchi
12 iyu 11:02
Yangiliklar


“Bavariya“ Ispaniya MTJ azosini sotib olmoqchi
“Bavariya“ Leroy Sanening o'rniga Ispaniyadan futbolchi olib kelmoqchi.
Nemislar “Atletik“ vingeri Niko Uilyams bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. 22 yoshli futbolchiga “Bavariya“ yiliga 15-20 million evro to'lashga tayyor. Transfer huquqi uchun esa “Atletik“ka 60 million evro berishni reja qilishgan. Futbolchining o'zi faoliyatini “Bavariya“da davom ettirishga qarshi emasligini malum qilgan.
Niko Uilyams o'tgan mavsum 45 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi va 7 ta golga assistlik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar