Timur Kapadze: "Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz"
10 iyu 21:55
Yangiliklar


Timur Kapadze: "Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz"
"Hammani g'alaba bilan tabriklayman. Bayram bayramdek bo'ldi. O'yinimiz ham, natija ham yaxshi ko'rinish oldi. Xalqimizni Jahon chempionatiga chiqqanimiz bilan yana bir bor muborakbod etaman",- deydi Timur Kapadze.
"Barchani chin qalbimdan tabriklayman. Bizga ishonch bildirgan qo'llab quvvatlagan g'alabamizga sherik bo'lganlarga rahmat aytaman",- deydi Azizbek Turg'unboev.
- Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasi qanday? Malumotlarga qaraganda CAFA musobaqasi va Amerika jamoalari bilan o'ynar ekanmiz...
- Bor etiborimiz BAA va Qatar bilan o'yinlarga qaratilgan edi. Albatta, Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaymiz. O'ylaymanki, musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.
- Hujumda birdaniga 2 ta hujumchidan foydalanish yoki boshqa taktikalar haqida fikringiz...
- 3 talik yoki 4 talik taktikada o'ynashimiz borasida ko'p o'yladik. Bugun yigitlar raqibga imkoniyat berishmadi, o'yinni nazorat qilishdi. Albatta, tarkibdagi futbolchilarimiz sog' va salomat bo'lib tursa, holati yaxshi bo'lsa, rotaciyalar qilamiz, turli taktikalardan foydalanamiz.
- Shu paytgacha terma jamoada vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi rolida edingiz. Shartnoma borasida rahbariyat bilan gaplashib oldingizmi?
- Bu savolni rahbariyatga berganingiz maqul
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бобур Абдухоликовга хам бериш керак
Сен ундан хам каттасига лойик экансан
Эркак!