Donnarumma PSJni tark etishi mumkin. Klub yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmadi
12 iyu 11:36
Yangiliklar


Donnarumma PSJni tark etishi mumkin. Klub yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmadi
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma shu yozning o'zidayoq Franciya klubidan ketishi ehtimoli yuqori.
"Foot Mercato"ning xabar berishicha, tomonlar amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmagan.
Italiyalik futbolchining kelajagi noaniq bo'lgan bir paytda, unga Evropaning nufuzli klublari – "Real", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. PSJ Donnarummani 40 million evroga baholamoqda.
Donnarumma 2021 yilda Parij klubiga o'tgan edi. O'tgan mavsumda u 40 o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol o'tkazib yubordi va 12 marta darvozasini "quruq" saqladi. Uning klub bilan bitimi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning bozordagi qiymati 40 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
ойлик-маошни ошириш учун келишмовчилик . Псж кетказмайди яхши дарвозабонни .
lekin bu transferni xudi bir vaxtlar Victor Valdesni barsadan Myuga utgan transferiga uxshatiyapman
yoshroq zur darvozabon kerak edi Myuga
anavu qora yaloqni qirq nechi millionga olgandi
ming bor yaxshi Donnaruma