Mourinyu "Man Siti"ning qoidabuzarliklari haqida: "Qonun bo'yicha 2017/18 mavsumda MYU chempion bo'lishi kerak edi"
23 iyu 17:21
Yangiliklar


Mourinyu "Man Siti"ning qoidabuzarliklari haqida: "Qonun bo'yicha 2017/18 mavsumda MYU chempion bo'lishi kerak edi"
"Bu klub uchun muhim payt edi – faqat ser Aleksning ketishi sababli emas, balki [MYU sobiq ijrochi direktori] Devid Gillning ketishi sababli ham.
Men Devid Moyesdan keyinroq keldim va o'sha paytda klub hali ham og'ir davrni boshdan kechirayotgan edi.
Biz bir necha sovrin yutib, ligada ikkinchi o'rinni egalladik. Men hanuzgacha tushunmayman, nega moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan klublar jazo tariqasida pul to'laydi. Menimcha, ular ochkolar bilan javob berishi kerak.
"Manchester Siti" jazolandi va qonun bo'yicha biz chempion bo'lishimiz kerak edi" – dedi MYUning sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Fenerbaxche"ni boshqarayotgan Mourinyu Canal 11 ga bergan intervyusida.
2017/18 yilgi mavsumda "Manchester Siti" 100 ochko to'plab Angliya chempioni bo'ldi. "MYU" 81 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
2023 yil fevralda APL "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy qoidalarning 115 turli xil buzilishlarida ayblagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar