Avgust oyidan O'zbekistonda ham futbolning yangi qoidalari kuchga kiradi
24 iyu 15:39
Yangiliklar


Avgust oyidan O'zbekistonda ham futbolning yangi qoidalari kuchga kiradi
Tadbir FIFA tarkibidagi xalqaro futbol qoidalarini belgilovchi tashkilot — IFAB tomonidan tasdiqlangan o'yin qoidalariga kiritilgan muhim o'zgarishlar yuzasidan jurnalistlar, sharhlovchilar va media vakillariga batafsil malumotlar berish maqsadida o'tkazildi.
Avgust oyidan Superliga va Proliga uchrashuvlarida ham mana shu o'zgarishlarga amal qilinadi. O'zgarishlardagi asosiy jihatlardan biri shu bo'ldi-ki, endilikda darvozabon to'pni qo'lida 8 soniyadan ortiq ushlab tursa raqib jamoaga burchak zarbasi beriladi.
Lekin, bu qoidaga ko'ra, sanash darvozabon to'pni ushlab olishi bilan boshlanmaydi. Balki, posbon to'pni olib hech qanday pressingga duch kelmaganidan so'ng boshlanadi.
Bosh hakam 8 soniyani sanashi va o'sha 8 soniya tugashiga 5 soniya qolganda barmoqlari bilan ko'rsatgan holda ovozini chiqarib 5, 4, 3, 2, 1 deb vaqt tugayotganini sanashi lozim. Agar bosh hakam barmoqlari bilan ko'rsatib sanamasa darvozabon 20 soniya ushlab tursa ham raqibga burchak zarbasi berilmaydi. Va bunda hakam aybdor bo'ladi.
Barcha o'zgarishlar haqida BATAFSIL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar