"Inter" asosiy futbolchisi "Real" diqqat markazida
24 iyu 2025 11:54
Yangiliklar
"Inter" asosiy futbolchisi "Real" diqqat markazida
"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasida, deb xabar berdi "RM Confidencial".
Futbolchi Luka Modrichga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

"Neradzurri" futbolchini kamida 60 million evroga baholamoqda. Yangi o'yinchilar uchun anchagina mablag' sarflab bo'lgan "qirollik klubi" uchun bu katta summa.
Ayni paytda yarim himoyani kuchaytirish "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mutaxassis jamoani kuchaytirish borasida rahbariyatga o'z talablarini qo'ygan.
Barella 2019 yildan buyon "Inter"da o'ynab kelmoqda. 28 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 56 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar