So’nggi yangiliklar

17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  0 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  1 17:10CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  4 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  6 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  3 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  3 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2

Xalqaro taqvim: Avgust oyida nimalar kutmoqda? Yangiliklar

Xalqaro taqvim: Avgust oyida nimalar kutmoqda?

Avgust oyidan yana xalqaro o'yinlarga start beriladi. Quyida kelasi oy bo'lib o'tadigan xalqaro o'yinlar va boshqa voqealarga to'xtalamiz.

2-10 avgust. U-20 Ayollar Osiyo chempionatiga saralash
2 avgust kuni U-20 Ayollar Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga start beriladi. Ushbu musoaqaning final bosqichi 2026 yil 1-18 aprel kunlari Tailanda bo'lib o'tadi. U-20 Ayollar Osiyo Kubogida 12ta jamoa qatnashadi.
 
Musobaqaning saralash bahslarida 33ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 4tadan 7 guruhga bo'lingan. Yana bitta guruhda beshta jamoa bor. Barcha 8 guruh g'oliblari hamda eng yaxshi 3ta ikkinchi o'rin egasi Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqadi. Shunda mezbon Tailand bilan brgalikda jami 12ta jamoa bo'ladi.

O'zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi saralashni mezbon sifatida o'tkazadi. Bizning guruhda Iordaniya, Shimoliy Mariana orollari va Bahrayn bor. Boshqa guruhlardagi saralash uchrashuvlari Butan, Vetnam, Tojikiston, Myanma, Xitoy, Malayziya va Laosda bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi barcha uchrashuvlarni "Do'stlik" stadionida o'tkazadi. Taqvim quyidagicha:

6 avgust. 17:30. Iordaniya - Shimoliy Mariana
6 avgust. 20:30. O'zbekiston - Bahrayn
8 avgust. 17:30. Bahrayn - Iordaniya
8 vgust. 20:30. Shimoliy Mariana - O'zbekiston
10 avgust. 17:30. Shimoliy Mariana - Bahrayn
10 avgust. 20:30. O'zbekiston - Iordaniya

7 avgust. U-17 Osiyo chempionati va U-17 Ayollar Osiyo Kubogi saralash o'yinlari qurasi

7 avgust kuni ham erkaklar U-17 Osiyo chempionati, ham ayollar U-17 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlanadi. Malumki, U-17 Osiyo chempionati bundan buyon har yil o'tkaziladi. Ushbu musobaqa shu yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tganidan va Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi chempion bo'lganidan xabaringiz bor. Keyingi musobaqa mezboni ham Saudiya.

Navbatdagi ayollar U-17 Osiyo chempionati 2026 yil Xitoyda bo'lib o'tadi hamda 30 aprel kuni start olib, 17 mayga qadar davom etadi. Bunda ham 12ta jamoa qatnashadi. Hozircha 4ta ishtirokchi malum. Bular - Xitoy (mezbon), KXDR (2024 yilgi Osiyo chempioni), Yaponiya (2-o'rin) va Janubiy Koreya (3-o'rin). Saralash o'yinlaridan so'ng yana 8ta jamoa nomi malum bo'ladi.

12 avgust. OCHL Elit o'tish bosqichi

Bu mavsum OCHL Elit o'yinlari ikki mintaqaga bo'lingan holda o'tkaziladi. G'arb va Sharq mintaqasida 12tadan jami 24ta klub ishtirok etadi. Hozir har ikkala mintaqada 11tadan jamoa nomi malum bo'lgan. 12-jamoa nomi 12 avgust kuni bo'lib o'tadigan o'tish o'yinlaridan so'ng aniq bo'ladi.

Demak, shu kuni Qatarning "Al Duhayl" klubi Eronning "Sepaxon" klubi bilan bahs olib borsa, Sharq mintaqasida Xitoyning "Chengdu" jamoasi Tailandning "Bangkok Yunayted" klubiga qarshi maydonga tushadi. O'tish bosqichi bitta uchrashuvdan iborat bo'lib, g'olib OCHL Elitga yo'l oladi, mag'lub esa OCHL 2da o'ynaydi. Eslatib o'tamiz, bu mavsum OCHL Elitda yurtimiz sharafini "Nasaf" himoya qiladi.

12 avgust. OFK Chaqiruv Ligasi o'tish bosqichi

Chaqiruv Ligasi OFKning OCHL Elit va OCHL 2dan keyingi uchinchi darajali musobaqasi bo'lib, bunda asosan rivojlanayotgan klublar ishtirok etadi. Bu musobaqa ham jamoalarni ikki mintaqa bo'lgan holda o'tkazib kelinyapti. 12 avgust kuni G'arb mintaqasida 5ta, Sharq mintaqasida esa 4ta o'tish bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Barcha o'yinlar yakuniga etgach, musobaqaning guruh bosqichiga yo'l olgan 9ta omadli jamoani bilib olamiz.

G'arb mintaqasida 12 avgust kuni bo'ladigan o'yinlar:

"Abahani Daka" (Bangladesh) - "Muras Yunayted" (Qirg'iz Respublikasi)
"Al Karama" (Suriya) - "Bashundara Kingz" (Bangladesh)
"Abdish-Ata" (Qirg'iz Respublikasi) - "Xuttin" (Suriya)
"Maziya" (Maldiv) - "Al Arabi" (Quvayt)
"Paro" (Butan) - "Abu Muslim" (Afg'oniston)

Sharq mintaqasida 12 avgust kuni bo'ladigan o'yinlar:

"Taynan Siti" (Xitoy Taypeyi) - "Xangarid" (Mo'g'uliston)
"SP Falkons" (Mo'g'uliston) - "Taychung Futuro" (Xitoy Taypeyi)
"Yangon Yunayted" (Myanma) - "Ezra" (Laos)
"Kasuka" (Bruney) - "Fnom Pen Krovn" (Kambodja)

13 avgust. OCHL 2 o'tish bosqichi

13 avgust kuni OCHL 2 musobaqasiga o'tish o'yini bo'lib o'tadi. OCHL 2 musobaqasida 32ta klub ishtirok etadi. OCHL 2ning amaldagi g'olibi sifatida "Sharja" klubi bu mavsum OCHL Elitda o'z kuchini sinab ko'radi.

OCHL 2ning final bosqichida jamoalar 4tadan 8 guruhga bo'linadi. Bilasiz, bu musobaqada "Andijon" O'zbekiston Kubogi sohibi sifatida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

O'tish bosqich bahslarida quyidagi jamoalar kuch sinashadi:

"Goa" (Hindiston) - "Al Siib" (Ummon)
"RegarTadAZ" (Tojikiston) - "Ahal" (Turkmaniston)
"Persib" (Indoneziya) - "Manila Digger" (Filippin)

Bu o'yinlar natijasiga ko'ra, 3ta g'olib OCHL 2 guruh bosqichiga yo'l oladi. Mag'lublar OFK Chaqiruv Ligasida o'ynaydi.

15 avgust. OCHL Elit va OCHL 2 guruh o'yinlari qurasi

15 avgustni ko'pchilik kutayotgani bor gap. Chunki shu kuni OCHL Elit hamda OCHL 2 uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Aytib o'tganimizdek, OCHL Elit G'arb mintaqasida 12ta jamoa kurash olib boradi va jamoalar guruhga ajratilmaydi. Har bir klub to'rtta uyda va to'rtta safarda o'yin o'tkazadi. 12ta jamoadan kuchli 8tasi keyingi bosqichga chiqadi. Hozirgi paytga kelib 11ta klub nomi malum bo'lgan:

Saudiya Arabistoni - "Al Ahli" (Elit OCHL g'olibi), "Al Ittihod" (Pro liga chempioni), "Al Hilol" ( Pro liga vice-chempioni).
BAA - "Shabab Al Ahli" (Pro liga chempioni), "Sharja" (OCHL 2 g'olibi/ Pro liga 2-o'rin sohibi), "Al Vahda" ( Pro liga 3-o'rin sohibi).
Qatar - "Al Sadd" (Yulduzlar ligasi chempioni), "Al Garafa" (Amir Kubogi sohibi).
Eron - "Traktor" (Pro liga chempioni).
O'zbekiston - "Nasaf" (Superliga chempioni).
Iroq - "Al Shorta" ( Yulduzlar ligasi chempioni).

Shuningek, 12-jamoa nomi "Al Duhayl" va "Sepaxon" o'rtasidagi o'tish o'yinidan so'ng malum bo'ladi. Mazkur bahs 12 avgust kuni Dohadagi "Abdulloh bin Xalifa" stadionida bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan.

"Andijon" ishtirok etadigan OCHL 2 guruh bosqich qura natijalari ham shu kuni malum bo'ladi. G'arb mintaqasida 16ta klub ishtirok etishini hisobga olsak, jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'linadi. OCHL 2da o'ynashi aniq bo'lgan 13ta klub: "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni), "Al Vasl" (BAA), "Al Ahli" (Qatar), "Istiqlol" (Eron), "Andijon" (O'zbekiston), "Al Zavra" (Iroq), "Al Husseyn" (Iordaniya), "Al Vehdat" (Iordaniya), "Al Muharraq" (Bahrayn), "Al Xaldiya" (Bahrayn), "Mohun Bagan" (Hindiston), "Istiqlol" (Tojikiston), "Arqadag'" (Turkmaniston).

25-31 avgust. OFK Ayollar chempionlar Ligasi o'tish bosqichi

OFK ayollar o'rtasida ham Osiyo chempionlar Ligasini yo'lga qo'ygan. Ushbu musobaqa uchun o'tish o'yinlari 25-31 avgust oralig'ida bo'lib o'tadi. O'tish bosqichida O'zbekiston chempioni sifatida "Sevinch" ayollar klubi ishtirok etadi. Barcha o'yinlar Qarshidagi Markaziy stadionda bo'lib o'tadi.

25 avgust. 20:30. "Sevinch" - APF (Nepal)
28 avgust. 20:30 "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - "Sevinch"
31 avgusvt. 20:30. "Osiyo kolleji" (Tailand) - "Sevinch"

Musobaqa formatiga ko'ra, faqat guruh g'olibi OCHL guruh bosqichiga yo'l oladi.

28 avgust. OFK Chaqiruv Ligasi guruh bosqich qurasi

Va nihoyat 28 avgust kuni OFK Chaqiruv Ligasi uchun qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Ushbu musobaqada bizga birmuncha tanish Turmanistonning "Altin Asir", Quvaytning "Al Quvayt", Suriyaning "Al Karama" hamda Qirg'iz Respublikasining "Muras Yunayted" kabi klublari ishtirok etadi.

X.Xoliqov

Reyting: +3   

Fikrlar

   
25 iyu 02:33:01
G'ulom Murodovich
Ba
   
24 iyu 21:16:13
Haqiqat-2
Севинч жамоасини халкаро номи Насаф деб юритилаетган эди шекилли
   
24 iyu 15:55:08
EURONEFTCHI
ОЧЛ 2 да Андижонга омад. Яхши жамоалар боракан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика