Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi "Aral" jamoasi azolari bilan uchrashdi
15 dek 2025 17:50
Yangiliklar
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi "Aral" jamoasi azolari bilan uchrashdi
Unda dastlab, Jo'qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orinbaev hurmatli Prezidentimiz rahbarligida sport sohasini, shu jumladan, futbolni rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarga to'xtalib o'tdi va muhim o'yin oldidan jamoa azolariga omad tiladi.
"Takidlash joizki, bugungi kunda Pro ligada o'ynayotgan "Aral" futbol jamoasi oldida muhim o'yin kutmoqda. Yani, 16 dekabr kuni Superligada o'ynash yo'llanmasi uchun Buxoro viloyatining "Buxoro" jamoasi bilan o'yin o'tkaziladi.



Albatta, Pro liganing ushbu o'yinida futbol muxlislari jamoamizdan yuqori natijalar kutib qoladi.
Shuni ham alohida takidlash kerakki, "Aral" futbol jamoasi mazkur o'yinda g'alaba qozonsa, 24 yillik tanaffusdan so'ng uzoq kutilgan Superligada o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritadi", – deyiladi "Aral" matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Aral" hamda "Buxoro" o'rtasidagi o'tish bellashuvi ertaga Nukusdagi "Olimpiya" stadionida 14:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Фаргонада 4-0 бўлган эди
Пахтакорни юттик уйимизда