So’nggi yangiliklar

21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  1 21:00Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" (матнли трансляция)  3 21:00Суперлига. "Сўғдиёна" - "Қўқон-1912" 2:1 (матнли трансляция)  4 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  1 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 19:21Салоҳ: "Ҳеч қачон "Ливерпул"га қайтишдан бунчалик қўрқаман деб ўйламагандим. Диогунинг йўқлигига кўникиш ниҳоятда қийин"  1 18:58Хитой клуби рақибларини лаънатлагани учун жаримага тортилди  0 18:32Диогу Жотанинг ҳаётий ҳақиқатлари  1 18:14"Барселона" Уильямснинг трансфери барбод бўлгач, эътиборини "Ливерпуль" футболчисига қаратди  8 17:48"Арсенал" футболчиси билан шартномани муддатидан олдин бекор қилди  1 17:20"Бавария" собиқ ҳужумчиси Остон Ўрунов ўйнаётган жамоага бош мураббий бўлди  2 16:53"Ливерпуль" устози Слот Жота билан охирги суҳбати нима ҳақида бўлганини айтиб берди  0 16:27Расман: "Сўғдиёна" албаниялик ҳужумчи трансферини эълон қилди  13 16:10Дарвин Нуньес: "Табассумингни унутмайман"  1 15:44"Манчестер Сити" португалиялик дарвозабоннинг товон пулини тўлашга тайёр  0

Eshakning mehnati halol, o'zi harommi? Yangiliklar

Eshakning mehnati halol, o'zi harommi?

Bu o'zbek xalq maqoli ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Yana ming yillar yashasa ham aktualligini yo'qotmasa kerak.

Bir haftadan buyon xalqimiz futbolchilar tufayli bayram kayfiyatida. Barcha xursand, barcha shod. Kechagi g'alaba bu bayramni yanada kattalashtirib yubordi. Stadionga kelgan 33 mingga yaqin inson yirik hisobdagi g'alabadan xursand holda uyiga qaytdi. Lekin, 4 nafar inson haqida balki unday deya olmasmiz.

Jurnalistlar, fotograflar, muxlislar terma jamoaga jon kuydirishadi, g'alabadan xursand bo'lishadi, mag'lubiyatdan xafa bo'lishadi. Lekin, biz nomlarini keltimoqchi bo'lgan 4 nafar inson esa na jurnalist, na fotograf, na muxlis, ular shu terma jamoaning bir bo'lagi, shu oilaning bir qismi hisoblanadi. 




Bu insonlar terma jamoaga kelgan kunlaridan boshlab barcha safarlarga, barcha o'yinlarga futbolchiyu, murabbiylar bilan birga borib ishlashdi. Oilasini bir necha kunga tashlab mana shu jamoa uchun mehnat qilishgan. To'g'ri ularni TV ko'rsatmagandir, ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli rasmlari yoki videolari tarqalmagandir, chunki ular kadr ortida ishlashadi. Futbolda tayanch yarim himoyachi har qancha ko'p yugursa ham, har qancha katta ish qilsa ham yakunda, ko'pincha, gol urgan futbolchilar eng yaxshi bo'lib ketaverishadi. Biz aytmoqchi bo'layotgan 4 inson ham milliy jamoaning ramziy manodagi tayanch yarim himoyachilari hisoblanishadi.

Shu odamlar bo'lmaganida futbolchilarning mashg'ulot va o'yindan rasmlari chiqmasdi. Kecha katta mukofot olgan insonlarning viloyatga tashriflari suratlar orqali yoritilmasdi. Shu insonlar bo'lmaganida futbolchilar mashg'ulotda yoki o'yinda mushaklaridan shikastlanadigan bo'lishsa tiklashning iloji bo'lmasdi. Ikkita o'yin orasi kam bo'lganda futbolchilarni navbatdagi bahsga tayyorlashning imkoni bo'lmasdi. Bu 4 inson o'ziga berilgan vazifani boplab bajargani uchun ham 37 million xalqimiz kutgan tarixiy natija qayd etildi. To'g'ri ular bosh rol ijrochilari kabi kamera qarshisida turishmaydi, lekin kino olish uchun faqat aktyor va rejissyorning o'zi etarli bo'lmaydi.




Kecha milliy jamoa delegaciyasida bo'lgan 40 dan ziyod inson uyiga yangi avtomobilda ketdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi fotografi va terma jamoaning 3 nafar fizioterapevti (massajchilari) esa uyiga Yandeks taksida qaytgan bo'lsa ne ajab. Ular bilan gaplashganim yo'q, lekin ishonchim komilki hech biri mashina olmaganimdan xafaman demaydi. Deya olmaydi. Chunki ular shunaqa insonlar, haqiqiy vatanparvar. Uyiga borganda yaqinlari, oilasi, ayoli, bolalari "Sizga mashina berishmadimi?" demaydi. Chunki mana shu 4 insonning ichidan nima o'tayotganini juda yaxshi bilishadi. Gap mashinada ham emas, etiborda. Hammamiz bog'chada bo'lganmiz, maktabda o'qiganmiz. Sinfda 30 nafar o'quvchidan 25 tasiga sovg'a berib, 5 nafariga berilmasa o'sha qolib ketgan o'quvchilar qanday ahvolga tushishlarini ko'z oldingizga keltirdingizmi? Bir necha kun, oylab "men nimani noto'g'ri qildim?", "nega meni yakkalashdi?" deb o'ylab yuradi o'sha bolalar.

Kecha yana ikkita katta voqea bo'ldi. Islom To'xtaxo'jaev o'ziga sovg'a qilingan mashinani saralashda ko'plab o'yinlarda maydonga tushib g'alabalarga katta hissa qo'shgan Bobir Abdixoliqovga sovg'a qilishga qaror qildi. Srechko Katanec esa terma jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga o'z avtomobilini taqdim etdi. O'FA bu mashinani qaytarib olarkan degan gaplar mish-mish bo'lib chiqdi va BYD Davronning o'zida qolishi tasdiqlandi. Bu men uchun katta voqea.

Kimdir mendan kechagi qahramoningiz kim deb so'rasa, ikkilanmay mana shu 6 insonni ko'rsataman:
Hasan Pirmuhammedov (fotograf)
Andrey Bezborodov (fizioterapevt)
Islombek Usmonov (fizioterapevt)
Ahmadjon Hasanov (fizioterapevt)
Srechko Katanec
Islom To'xtaxo'jaev

Reyting: -8   

Fikrlar

+24   
11 iyu 16:29:00
Soccerland777
Биз мухлисларам қолиб кетмайлик, тўйга бормай, ишдан рухсат сўраб, университетдан қочиб, кунлаб билетга навбатда туриб, трибунада сув ичолмай, текинга 34 йилдан бери мухлислик қиламиз. Бизгаям хеч бўлмаса биттадан текинга марожний тарқатийлар хеч бўлмаса)
+21   
11 iyu 16:14:58
fahritdin
Нарзулла Садуллаев !!! Бу макола билан узингни обруйингни тушуряпсан, калтафахмлигингни курсатяпсан!!! ЖОРЖ бЕСТНИ КОММЕНТИНИ УКИ!
+17   
11 iyu 16:18:28
JAHONGIR-707
Бу инсонларнинг меҳнатини инкор қилмаймиз,

Лекин энди тоза бачканалашиб кетяпсизлар ҳурматли журналистлар. Бу чайнайдиган мавзу эмас.

Шунча одам тақдирланди ахир, барчани бирдек тақдирлаб бўлмайдику.

Ковлайверсанглар яна саралашнинг қайсидир турларида чақирилиб, кейин мукофотдан қолиб кетган ўйинчилар чиқади. Масалан, Зафармурод, Ойбек Бозоров, Иброҳимхалил, Дилшод Комилов...

Хкллас ҳали кўп ковласаларинг бўлади
+16   
11 iyu 16:09:58
Davronbek Olimjonov
ro'yxatdagilarga kecha ordenlar topshirildi stadionni ichki xonasida, surishtirib keyin yozsangiz bo'lardi
+13   
11 iyu 16:06:32
JORJ BEST
Барчанинг меҳнати катта, буни инкор қилиб бўлмайди, мақолада саналганлар учун BYD бўлмаса ҳам кичикроқ мукофот бериш мумкин эди. Бироқ, масаланинг иккинчи томони ҳам бор, ТЖ билан биргаликда ғалаба йўлида меҳнат қилган барчани тақдирлаш учун молиявий кучимиз етмай қолиши мумкин, Фоточиларнм тақдирланса, автобус ҳайдовчилари, майдон, хона тозаловчилари ва яна кўплаб шахсларни ҳам тақдирлаш масаласи келиб чиқади.
+12   
11 iyu 18:58:05
Abror-Ellikqal'a
Сарлавханиям эшакка ухшатибди
+12   
11 iyu 16:13:33
ABDURAHMON
Unda manga ham nimadir beringlar kecha futbol koʻrish uchun 500 km dan borib biletni 800 000 ming ga olib zoʻrgʻa 2 taymda kirdim oʻyinga.
+11   
11 iyu 16:02:03
vueLtax7
1 Qoida birovndan he4 nima kutma
+10   
11 iyu 17:03:11
Xursanbek Abduvaliyev
Мақолани ўзингиз ёзганмисиз ёки закасга ёзганмисиз сизга ва аллохга аён, лекин буни замирида хасад ва ичиқоралик ётгани аниқ бу мақола билан обрўйингиз тўкилиши мумкин лекин ошмаслиги аниқ
+10   
11 iyu 16:56:45
Habibullo Rahimov
Asabni buzadigan, judayam bemani maqola. Odam yaxshi gumonda bo'lishi kerak.
+9   
11 iyu 17:31:52
Герд Миллер
Булар бекорга ишлашмагандир ойлик олгандир
+9   
11 iyu 16:40:14
Tulkin Alimov
Жахон чемпионатига чиққани учун фотографга машина?
Жахон чемпиони бўлган давлатлар беришмаган фотографга машинани.
Ўзи ҳеч кимга, ҳеч нарса берилмаслиги керак эди.
+9   
11 iyu 16:26:39
Ulugbek....
Oʼshan uchun bu sayt hodimlarini odam oʼrnida koʼrmeman. Saviya 0. Nima deb yoziyapti bular hayronman
+8   
11 iyu 16:08:21
REAL MADRID
Яна 57 марта шу мақолани номини ва баъзи жойларини сал ўзгартириб чиқаринглар
+8   
11 iyu 16:02:29
TFU sanga o'zbek Futboli
Shu 4 kishiga moshina bersa keyin Bunyodkor stadionini qorovuli qolib ketdi deb yozsalariz kerak. Bo’ldida jamoamiz jaxon chempionatiga chiqdi, xalq xursand. Mayda-chuyda gaplar nima kerak. Shu aytayotgan odamlariz ham oylik olsa kerak, yoki tekinga yuribdimi ??? Oyligini olyabdi va ishini qilyabdi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика