Islombek Ismoilov: "Kuch va tezlik tomonidan raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"
11 iyu 23:57
Yangiliklar


Islombek Ismoilov: "Kuch va tezlik tomonidan raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"
O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Chiliga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Jamoamiz ilk marotaba Lotin Amerikasi jamoasiga qarshi o'yin olib borayapti. Jismonan va texnik jihatdan kuchli raqiblarga qarshi o'ynash qiyin. Shunga qaramay, futbolchilar barcha ko'rsatmalarni to'liq bajardi. Kuch va tezlik tomonidan raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Afsuski, bir nechta o'yinchilar jarohat olishdi. Jahon chempionatidagi guruhimizdagi Lotin Amerika jamoasi ham bor. Chiliga qarshi o'ynash imkoniyati esa bizga ancha qo'l keldi" - deya fikr bildirdi Islom Ismoilov.
O'zbekiston U-17 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Chilini mag'lubiyatga uchratdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar