O'smirlarimiz ikkinchi uchrashuvda jangovar durang o'ynashdi

Khoja
20 mar 2026
Ayni kunlarda O'zbekiston U17 terma jamoasi Marokashda yig'in o'tkazmoqda.

Bugun Sergey Chigodaev shogirdlari Marokash U17 terma jamoasiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natijasi bilan yakunlandi. O'smirlarimiz safida Abduraimov va Ravshanbekov o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu terma jamoalar o'rtasidagi birinchi nazorat uchrashuvida o'smirlarimiz 4:3 hisobida g'alaba qozongandi.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA