"Barselona" MYU futbolchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

25 noya 2026, 20:48
"Manchester Yunayted"ning 20 yoshli himoyachisi Ayden Xeven yanvar oyida klubni tark etishga tayyor.

Manbalarga ko'ra, unga "Barselona" va "Fulxem" qiziqish bildirmoqda. Xeven ijaraga ketishni afzal ko'radi, ammo cheklangan o'yin vaqti bilan bog'liq xavotirlarni hisobga olgan holda sotuv takliflarini ko'rib chiqishga ham tayyor. Xeyvenning fikricha, MYUning yangi bosh murabbiyi Mauricio Pochettino tajribali himoyachilarni afzal ko'radi, chunki jamoa APLda jadvalning pastki qismidan chiqib olishi kerak.

Xeven 2025 yilda Londonning "Arsenal" klubidan MYUga o'tgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha amal qiladi. Ushbu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda jamoa safida sakkizta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar

Manba: BBC Sport