Holand izidan: "Manchester Siti" norvegiyalik vunderkind bilan shartnoma imzolashga yaqin
12 iyu 14:17
Yangiliklar
Holand izidan: "Manchester Siti" norvegiyalik vunderkind bilan shartnoma imzolashga yaqin
"The Athletic" xabariga ko'ra, "shaharliklar" futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishi kerak. Agar kelishuv amalga oshsa, bu Norvegiya chempionati tarixidagi eng yirigi bo'ladi. "Manchester Siti" bitim imzolaganidan so'ng futbolchini 1 mavsumga ijaraga berishi kutilmoqda.
18 yoshli Nyupan "Rusenborg"ning asosiy jamoasi safida 70 o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgan. Nyupan o'tgan mavsum jamoa tarkibida 10 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritgan. Uning hozirgi narxi 12 million evroga baholanmoqda.
Agar Nyupan "Manchester Siti"ga o'tsa, u bu klub sharafii himoya qilgan norvegiyalik uchinchi futbolchiga aylanadi. Erling Holand 2022 yilda "shaharliklar" safiga qo'shilgan bo'lsa, akademiya tarbiyalanuvchisi sanalgan Oskar Bobb ham Norvegiya terma jamoasida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar