So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

MOQ bosh kotibi, Oybek Kasimovni tabriklaymiz! Yangiliklar

MOQ bosh kotibi, Oybek Kasimovni tabriklaymiz!

Teglar :  Oybek Kasimov MOQ
Har safar, 26 avgust kuni saytimizda Oybek Kasimovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaganimizda, ko'plab o'quvchilarda bir savol yangrardi, kim, u?

Futbol va sport jamoatchiligiga yaxshi tanish, ammo OAVdan chetda yuradigan va o'quvchilarga notanish kishi haqida mana bugun xabar bersak bo'ladi.

2013 yil Mirabror Zufarovich MOQ raisi etib tayinlangach, ikkilanmay u erga bosh kotib etib, hali 33 yoshni ham qarshi olmagan, unga qadar Toshkent shahar futbol federaciyasida Vice prezident lavozimida ishlab kelayotgan Oybek Kasimovni tayinladi. Bu yoshda, bunday katta dargohga bosh kotib bo'lish uchun kishida juda katta istedod va salohiyat bo'lishi lozim. Usmonov mana shu ikki xislatni Kasimovda ko'ra oldi va Rioda bo'lib o'tgan olimpiada o'yinlarida qayd etilgan natijadan kelib chiqsak, 2013 yilgi qaror to'g'ri bo'lganini ko'rasiz.

To'rt yillikning muhim musobaqasida, juda ko'plab vatandoshlarimizni ko'ziga yosh olishiga sabab bo'lgan qator oltinlarni qo'lga kiritishimizda, bugungi kun "aybdori"ning ham xissasi katta. Delegaciya rahbari sifatida O'zbekistonga rekord darajadagi, 4ta oltin medal bilan qaytgan Oybek Kasimov uchun avgust oyi futbol tilida aytganda "xet trik" bilan tugadi. Riodagi muvaffaqiyat, yurtboshimiz tomonidan berilgan "Do'stlik" ordeni va bugungi ayyom!

Sportimiz mana shunday mutaxassislar qo'l ostida yanada ko'plab yutuqlarga erishishini tilaymiz va saytimiz hamda uning o'quvchilari nomidan Oybek Kasimovga uzoq umr tilaymiz!

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика