Portugaliya klublari Oybek Bozorovni kuzatib bormoqda
11 avg 2025 19:18
Yangiliklar
Portugaliya klublari Oybek Bozorovni kuzatib bormoqda
"Oybek Bozorovga yozda Eronning "Sepaxon" klubi qiziqish bildirdi. Bosh murabbiyga futbolchining harakatlari maqul keldi, ammo "Nasaf"dan uning transferini sotib olish qimmatlik qildi.
Qatarning "Umm Salal" klubi ham uni o'z tarkibida ko'rishga yaqin edi, biroq ikki oylik maoshni berib, shartnomani istalgan payt bekor qilish huquqi klubda bo'lgani uchun Bozorov bu klubga borishni xohlamadi.
Portugaliya oliy divizion klublari futbolchini kuzatishda davom etmoqda, biroq tushunarliki, u erda futbolchimizning maoshi Eron yoki Qatardagidek katta bo'lmaydi", – deyiladi xabarda.
28 yoshli xavbek joriy mavsum "Nasaf" safida 17 o'yinda maydonga tushib, 4 ta to'p kiritdi hamda 7 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 800 ming evroga baholmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar