

Bugun "Istiqlol" safarda "Sepaxon"ni mag'lubiyatga uchratdi.
"O'yin paytida meni jarohat oldi, deb o'ylashibdi. Jarohat olganim yo'q, hammasi yaxshi. Ikkinchi golni urib olganimizdan keyin murabbiyga meni o'rnimga himoyachi tushirish kerakligini aytdim. Shu uchun aytaman, hammasi joyida. Allohga shukur, mana birinchi o'yinni o'ynab oldik. Qayg'urgan barchaga rahmat. Sog'-salomat bo'linglar, kirib kelgan 2026 yil barchaga barakali bo'lsin", - deb ma'lum qildi futbolchi o'z instagramida.




