So’nggi yangiliklar

08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  0 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  17 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  3 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  2 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  132 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  7 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7

"Metallurg" futzal klubi to'p suradigan obekt tamirdan chiqarilishi kerak Yangiliklar

"Metallurg" futzal klubi to'p suradigan obekt tamirdan chiqarilishi kerak

Teglar :  MetallurgPFLfutzal
Professional futbol ligasi ishchi guruhi "Metallurg" klubiga tashrifi davomida "Yoshlik" sport majmuasida bo'ldi.

Mazkur majmuada "Metallurg" futzal klubi o'zining uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Unda, shuningdek, boshqa sport turlari bo'yicha ham musobaqalar bo'lib o'tadi. Majmua futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati uchrashuvlarining minimal talablariga javob beradi. "Metallurg" futbol klubi rahbariyatining aytishicha, mavsum avvalida zal qoplamasi tamirlangan, uning devorlarida esa birlamchi pardozlash ishlari olib borilgan.

Biroq ayni vaqtga kelib "Yoshlik" sport majmuasining holatida salbiy o'zgarishlar bor. Kosmetik tamirning o'zi bilangina muammo hal bo'lib qolmagan. "Metallurg" futzalchilari to'p suradigan obekt qolgan klublarniki bilan solishtirganda yaxshiroq bo'lishi mumkin. Biroq PFL talabni nisbiy ko'rinishda qo'ymaydi.

2019 yilgi mavsumdan boshlab futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati o'yinlariga jiddiy etibor qaratiladi va uning formatida, o'yinlar bo'lib o'tadigan oylarda o'zgarishlar yuz beradi. PFL, shuningdek, futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati translyaciyalarini yo'lga qo'yish borasida "Sport" telekanali bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan. Masalaga shu tomondan yondoshilsa, "Metallurg" futzal klubining uy uchrashuvlarini namoyish etish uchun "Yoshlik" sport majmuasida imkoniyatlar etarli emas.

Klub rahbariyati TV kameralari joy olishi uchun machtalar o'rnatilishi borasida og'zaki vada berdi. Biroq bu etarli emas. "Metallurg" futbol klubidagi mavjud kamchiliklar ko'rsatib o'tilgan rasmiy xat PFL orqali klubga, klub orqali homiy tashkilotga etkaziladi. SHuningdek, futzal maydonining puxta tamirdan chiqarilishi masalasi nazorat qilinadi. Ayni vaqtdagi holat esa televidenie talablariga javob bermaydi.    

"Metallurg" futzal klubining natijalarini esa qoniqarli baholash mumkin. Klubda futzalga alohida etibor bor, jamoa chempionatda 4-o'rinni egallab turibdi. Endigi navbat esa sport obektini tartibga keltirish.

Malumot uchun, 2019 yilgi mavsum uchun talab jiddiy bo'ladi. Bunda Superliga klublari futzal, ayollar va yoshlar jamoalari to'p suradigan maydonlarni talab darajasiga etkazishi shart.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика