Futzal. Oliy ligaga o'tish turniri Jizzaxda bo'lib o'tadi
05 iyu 2025 16:21
Yangiliklar
Futzal. Oliy ligaga o'tish turniri Jizzaxda bo'lib o'tadi
Mazkur musobaqada birinchi liganing oxirgi mavsumi ishtirokchilari, shuningdek, yangidan shakllantirilgan professional jamoalar hamda may oyida o'tkazilgan Hududiy ligalar g'oliblari kurashida zafar quchgan — "Pantera" (Qoraqalpog'iston) jamoasi qatnashadi.
Reglamentga muvofiq turnir ishtirokchi jamoalarning sonidan kelib chiqqan holda guruhlarda, bir davrali tizimda o'tkaziladi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar pley-offda kurashni davom ettirishadi. Bunda "A" guruhi g'olibi "B" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoaga qarshi, "B" guruhi g'olibi "A" guruhining ikkinchi jamoasiga qarshi yarim final uchrashuvida maydonga chiqadi. Yarim final g'oliblari esa hal qiluvchi uchrashuvda oliy liga yo'llanmasi uchun bahs olib borishadi.
O'tish turniri Jizzax shahrida tashkillashtiriladi. O'yinlar sanasi va ishtirok etuvchi jamoalar haqida keyinroq yanada batafsil malumot beramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar