So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  2 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

O'zbek futbolchi uchun tarixiy kunda "Manchester Siti" "Al Ayn"ni juda yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbek futbolchi uchun tarixiy kunda "Manchester Siti" "Al Ayn"ni juda yirik hisobda mag'lub etdi

Klublar o'rtasidagi JCHning 2-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Al Ayn" uchrashuvi yakunlandi.


Ushbu bahsda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 61-daqiqada zaxiraga olindi. Bahs davomida hamyurtimiz sariq kartochka ham oldi. Husanov o'zbekistonliklar orasida klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etgan ilk futbolchi bo'ldi.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90. Xoland Fodenga ajoyib uzatma berdi. Biroq Filning zarbasini Eysa qiyinchilik bilan qaytarmoqda

89. GOOOL. Rayan Sherki uzoqdan ajoyib zarba yo'lladi, Eysa bu safar ham jamoasiga yordam bera olmadi

84. GOOOOL. Bobb ajoyib zarba yo'lladi va hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirmoqda

82. Abduqodirning o'yniga maydonga tushgan Bobb bir nechta xatolarga yo'l qo'ymoqda 

81. BAA jamoasining navbatdagi hujumi noaniq zarba bilan yakunlandi

78. Yana Xoland. Yana Eysa. Norvegiyalik hujumchining zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi



73. GOOOOL. Ilkay Gyundogandan navbatdagi ajoyib gol. Bernardu Silvadan go'zal uzatma. Hisob 4:0 bo'lmoqda

72. Xolandning zarbasini Eysa qiyinchiliksiz ushlab oldi

70. Abduqodir maydoni tark etdi va "Al Ayn" futbolchilari hujumlar tashkil qilishni boshladi.

63. Xolid Eysadan super seyvlar. Xolandning ikki zarbasini ajoyib tarzda qaytardi

61. Husanov uchun bahs yakunlandi. Gvardiola uning o'rniga Bobbni maydonga tushirdi

61. Nunesh raqib maydonchasining ichida yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi. Uning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

58. Abduqodir Husanov qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi

55. Birinchi bo'limdagi singari ikkinchi bo'limda ham "Manchester Siti" ustunlik qilmoqda

Abduqodir Husanov birinchi bo'limda ancha yaxshi harakat qildi. Sofascore nashri futbolchimizga birinchi bo' limdagi harakatlariga 7,1 baho qo'ygan

46. Klaudio Echeverrining o'rniga Fil Foden maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+5. GOOOOL. Xoland o'z imkoniyatidan foydalanmoqda

Hakam penalti belgilaganidan so'ng Rayan Ait-Nuri bergan sarig'ini ham bekor qildi

45+2. VAR hakamni monitorga chaqirdi. Hakam monitordagi qo'pollikni ko'rdi va BAA jamoasi darvozasiga penalti belgilamoqda. "Man Siti" birinchi bo'limni yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunlashi mumkin

45+2. Ogohlantirish. Rayan Ait-Nuri qarshi hujumni to'xtatishda qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

45+1. Abduqodir qanotdan hujumga o'tdi va uzatmani amalga oshirdi. Raqib himoyachisi to'pni burchakka chiqarib yubordi

45. Abduoqdir Husanovdan taktik qo'pollik. Raqibning qarshi hujumini to'xtatdi

41. Abduqodir Husanov hujumda qo'pollik ishlatdi

40. Xolandda yana bir imkoniyat. Norvegiyalik hujumchi darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Zarbaga ozgina aniqlik etishmadi

34. Husanov himoyada yana yaxshi harakat qildi. Raqibning uzatmasini Abduqodir qaytarmoqda

32. Burchakdan uzatilgan to'pga Gvardiol boshi bilan zarba yo'lladi. To'p ustunga tegdi. Qaytgan to'pni esa Husanov va Akanji birgalikda zarba yo'llashdi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi

29. Husanov qanotda ancha yaxshi harakat qilmoqda. Husanovning Gyundoganga uzatgan to'piga raqib posboni chiqdi

28. Hisob yirik ko'rinishga kelishi mumkin edi. Biroq Xoland o'z imkoniyatidan foydalana olmadi



27. GOOOOL. "Manchester Siti"ning yangi iqtidori Klaudio Echeverri jarimadan super gol urmoqda. Bu JCHda argentinalik futbolchilar jarimadan ajoyib gollar urishmoqda. Klaudio Echeverri uchun rasmiy debyutdagi ajoyib gol

25. Ogohlantirish. Sabala Nunesga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. Angliya jamoasida ajoyib jarima zarbasi bor

24. Rayan Ait-Nuri qanotda ajoyib harakat qildi va bi nechta futbolchidan o'tib ketdi. Biroq so'nggi soniyalarda yiqilib tushdi. Hakam hech nima bo'lmaganini malum qildi


20. Husanovdan ajoyib diogonal. Qanotdan qanotga to'g'ri uzatmani amalga oshirdi. Hozircha to'liq ustunlik inglizlarda, biroq raqib darvozasiga zarbalar ko'p emas

20. Dastlabki 20 daqiqada asosan Husanov va Nunes qanoti ancha faol. Abduqodir hujumlar tashkil qilishda va raqib maydonchasining ichida ochilishga intilmoqda.

16. Husanov himoyada ishonchli o'ynadi va burchakdan uzatilgan to'pni o'z maydonchasining ichidan chiqarib yubordi

15. Niko maydon markazida qo'pol xatoga qo'ydi. Raqibning xavfli hujumini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi

10. Bugungi uchrashuvda Abduqodir himoyaning o'n qanotida harakat qilmoqda. Yangi mavsumda Gvardiola himoyachimizdan o'n tomondan ko'proq foydalanishni reja qilgan ko'rinadi.

8. GOOOOL. Ilkay Gyundogan hisobni ochmoqda. Ajoyib gol, uchrashuvda hisob ochildi

6. Abduqodir Husanov himoyada ishonchli o'ynadi, uni Rahimi qo'pollik bilan yiqitdi

Uchrashuv boshlandi

Bugun tarixiy kun. Bugun o'zbekistonlik futbolchi tarixda ilk bor klublar o'rtasidagi JCH musobaqasida debyut qildi


Reyting: +23   

Fikrlar

+5   
23 iyu 07:30:29
Ochilov Farobiddin
Умуман кераксиз жойда сариқ ва замена. Шуниям хозир ёнини олиб келади битта иккитаси. Ўйин ёмон, амалиёти камлиги ва позицияси ўзини эмаслиги сабабдир балки. Қанақадир пассив ўйин. Ситида химоя юқори чизиқда ўйнайди , кўп тўп билан ўйнайди ва кам химояланади, бунақа химояда катта салохият керак тўп билан ишлашда фақат елка ва подкат кам
+4   
23 iyu 06:34:33
Мирзохон
Ман Абдуқодир ўйнаяптику. Баъзи фолбинлар бу турнирда Ҳусанов тушмайди деб фол очишганди.
Олға Абдуқодир!
+4   
23 iyu 06:30:39
Б Х
Бос Газни Узбек углони!!!!!!!!!!
+3   
23 iyu 08:13:39
Bahrom Abdurahmonov
Shunchaki omad tilashga ham yaramaydigan ongsiz trollar ovoz qilishda davom etadi.
Oʻzi bu saytda oʻzbek futbolida kim qanday yutuqlarga erishgan boʻlsa ham, iloji boricha ovoz qilishga harakat qiladigan trollar fabrikasining ongsiz qullari bor shekilli.
+3   
23 iyu 08:00:46
Fakhritdin
82. Абдуқодирнинг ўРнига майдонга тушган Бобб бир нечта хатоларга йўл қўймоқда

Гапни аҳволини қара, худди Абдуқодир хато қилмагандей,
Зато бу тушиши билан гол уриб, шу шарҳловчининг оғзига йиртиқ калиш билан уриб ёпиб кетди
+3   
23 iyu 07:46:55
Ааа Ууу
Уйиннинг шархига қараб Ал-Айн билан Хусанов уйнаган экан деб уйлаб қолади
+3   
23 iyu 07:46:34
security
Qo'rqoq Husanov, to'pni o'zidan tez yo'qotishni o'ylaydi. Faqat orqaga pas. O'zi yugurib, qanotdan ochilmaydi. Gvardioldan o'rgansa bo'ladiku. Raz sani qanotga qo'ydimi harakat qil, yugur ochil.
Otasi buni vaqtida anglab, maslahat bermasa, o'zi wife bilan gelikini haydab yuriydi bemaqsad.
+2   
23 iyu 09:18:09
Azamat Turgunov
security foydalanuvchining fikriga javob berish
Qo'rqoq Husanov, to'pni o'zidan tez yo'qotishni o'ylaydi. Faqat orqaga pas. O'zi yugurib, qanotdan ochilmaydi. Gvardioldan o'rgansa bo'ladiku. Raz sani qanotga qo'ydimi harakat qil, yugur ochil. Otasi buni vaqtida anglab, maslahat bermasa, o'zi wife bilan gelikini haydab yuriydi bemaqsad.
Siz yorib tashaganizdan mahallezdan boshqa xich kim tanimasa kere. Xamma óyinchilayam bittada zór bôp ketishmagan sabr qilish kere
+2   
23 iyu 08:06:25
Рахимжон Махмудов
Оскар Бобб Хусанони урнига тушиб гол урди
+2   
23 iyu 08:05:18
Bahrom Abdurahmonov
Omadini bersin!
+2   
23 iyu 07:57:05
???????????????????????????? ????.????.
Husanovni oʻrniga tushgan gol urdi adashmasam. Nega oldinga qoʻshilmaydi xech tushunmiyman faqat 70-80% toʻp orqaga uzatdi bunaqada asosiyga qaytolmaydi
+2   
23 iyu 07:53:39
Open Ucoz
Bu oʻyini bilan zaxiraning toʻrida ancha vaqtga ketmasa boʻldi
+2   
23 iyu 07:28:42
Yusupov Doniyor
Gvardiola ham Oʻzbekistonda dushanba kirganini va bizni ishga borishimizni his qildi
+2   
23 iyu 06:19:49
Polatbek87
Nihoyat Husanovni oʼyinini koʼrasigan boʼldik omad yahshi tasurot qoldirsin gol ham ursin mayli
+1   
23 iyu 11:49:56
ZJI ACM
Al ayn bilan Oklend siti tõpurarlar rõyxatini qizdirib berish uchun borganmi nima
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика