Messi rahbariyatdan "Atalanta" futbolchisini sotib olishni so'ragandi. Barchasi shundan boshlangan
06 avg 2021 01:44
Yangiliklar
Messi rahbariyatdan "Atalanta" futbolchisini sotib olishni so'ragandi. Barchasi shundan boshlangan
Lionel Messi "Barselona"ni tark etdi.
Lionel Messining ketishiga, "Barselona" klubining transfer siyosatidagi no'noqlik sabab bo'lgan. Bu haqida Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Messi rahbariyatdan "Atalanta" himoyachisi Kristian Romeroning transferini so'ragan. Klub esa bu transferni amalga oshirishni uddalay olmagan. Ikki tomon orasidagi munosabatlar esa aynan shundan so'ng yomonlashgan. Qayd etish joizki, "Barselona" Messining ketishiga La Liga qonunlari sababligini ko'rsatgandi. Ammo, bazi manbalarning xabar berishicha, bu shunchaki katalon klubi tomonidan ishlatilgan bahona sanaladi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Romero uchun 40 mln taklif qilgandi. "Atalanta" esa futbolchi uchun 50 mln so'ragan.
Fikrlar