Maunt CHL finaliga chiqqanidan so'ng Kroosning ustidan kuldi: "Endi "Real" jamoa bo'lib biz sabab uyqusini yo'qotishiga to'g'ri keladi"
07 may 2021 14:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635597_original.jpg)
![](/upload/storage/635597_220.jpg)
Maunt CHL finaliga chiqqanidan so'ng Kroosning ustidan kuldi: "Endi "Real" jamoa bo'lib biz sabab uyqusini yo'qotishiga to'g'ri keladi"
"CHelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt "Real" xavbeki Toni Kroos haqida CHL finaliga yo'l olganidan so'ng gapirdi.
"CHelsi" bilan ilk o'yindan so'ng nemis shunday degan edi: "Ular meni uyqusizlikka majbur eta olishmagan edi. Biz ularning kuchli tomonlarini bilamiz"
"Men "Real" o'yinchilaridan biri aniq bir futbolchilar sabab uyqusizlikni umuman boshdan kechirmagani haqida gapirdi. Ammo endi ular jamoa bo'lib biz sabab uyqularini yo'qotishlariga to'g'ri keladi. Biz maydonda ko'p ishlarni qilmoqdamiz... Biz hayotimiz uchun kurashmoqdamiz.
Siz ularga ko'p ham imkoniyat bermaganimizni ko'rdingiz. Biz ishonchli bo'ldik va shu ruhda davom etish kerak", - deydi Maunt.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar