Tomas Myuller: “MLSga o'tishim ehtimoldan xoli emas”
26 iyu 10:43
Yangiliklar


Tomas Myuller: “MLSga o'tishim ehtimoldan xoli emas”
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller o'z faoliyatini MLS klublaridan birida davom ettirishi mumkinligini malum qildi.
"Ha, mening MLS klubiga o'tishim ehtimoli bor. Biroq bu masalani puxta o'ylab chiqishim kerak. Hozir men to'liq ravishda ushbu turnirga etiborimni qaratganman. Balki, sahna ortida malum muzokaralar olib borilayotgandir, lekin men uchun hozirgi paytda eng muhim narsa — turnir. Men hech qayoqqa shoshmayapman, qaror qabul qilishda bosim ham yo'q. Keyin ko'ramiz", — deya Myullerning so'zlarini keltiradi Goal nashri.
Eslatib o'tamiz, Tomas Myuller 2009 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib keladi. U joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etishini avvalroq elon qilgan. Shuningdek, Myuller "Bavariya" tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar