Mashal xotira va qadrlash kunida jamoada ishlaganlarni yodga oldi
09 may 2014 16:56
Yangiliklar
Mashal xotira va qadrlash kunida jamoada ishlaganlarni yodga oldi
9 may butun O'zbekiston bo'ylab xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu kunda nafaqat mangu xotira balki qadr ham esga olinadi. Futbol yo'lida bir necha yillik umrini sarflagan, futbol jonkuyarlari ushbu kunda yod etiladi, qadrlanadi.
Mashal PFKning rivoji yo'lida katta mehnati singan , klubimiz uchun hayotini bag'ishlagan insonlar hamisha yodimizda va yonimizda.
XOTIRA
Serostanov Boris Stepanovich
1947 yilning 17 oktabrida Rossiyaning Volgograd shahrida tug'ildi. Ushbu shaharning sport internat maktabida futbol bo'limida tehsil olgan.
Katta futboldagi faoliyatini 18 yoshida Volgogradning “Traktor” jamoasida boshladi. SHundan so'ng “SKA” jamoasidan Toshkentning “Paxtakor” klubiga taklif etildi. “Paxtakor” fojeasida Toshkentda qolgan futbolchi so'ng Jizzaxning “Bo'ston” jamoasiga o'tdi. Himoyachi SSSR Oliy ligasida 153 ta uchrashuvda maydonga tushib , 3 ta gol kiritgan. 1972 yilgi Olimpiyada o'yinlari ishtirokchisi. Yoshlar o'rtasida Evropada kumush medal sohibi, SSSR Olimpiya terma jamoasi azosi to'rt marta mamlakat terma jamoasi sharfini himoya qilgan. Ikki marta SSSRning Oliy ligadagi eng yaxshi 33 futbolchisi ro'yhatida joy olgan.
Murabbiylik faoliyatini “Paxtakor”da boshladi, Undan so'ng “Xisor” jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan qahramonimiz 1994 yildan boshlab Muborakning “Mashal” klubini boshqardi. 10 yildan oshiqroq vaqt davomida “Mashal” klubida faoliyat olib borgan murabbiyi o'zidan keyin klubimizga yuzlab etuk futbolchilarni tayyorlab qoldirdi.
Xotira muqaddas. 2011 yilda Serostanov 64 yoshida vafot etdi.
SEROSTANOV BORIS STEPANOVICHGA YODGORLIK O'RNATILDI
“Mashal” PFK ham ushbu kunda jamoamiz uchun katta mehnati singan insonlarni yodga oladi va xotirasini hamisha esga oladi.
Bugun klubimiz bosh direktori Ilhom Abdug'anievich tashabbusi bilan klubimizda bir necha o'n yillar faoliyat olib borgan va o'zidan yuzlab shogirdlar qoldirgan futbol faxriysi Serostanov Boris Stepanovich xotirasi uchun yodgorlik o'rnatildi.
Muborak shahri futboli uchun katta mehnatini ayamagan ustoz murabbiy 2011 yilda vafot etdi. Bugun Stepanovichning shogirdlari , hamkasblari, yaqinlari yodgorlik o'rnatishda ishtirok etdi.
Baxtiyor Davlatov – “Mashal” klubida bir necha yillar to'p surgan, klub uchun xizmat qilgan marhum futbolchi hamisha yodimizda. 45 yoshida olamdan o'tgan Baxtiyor Davlatov klubimizda kata ishlarni olib boride. O'zi ishtirok etgan mavsumda klub to'purar bo'lish bilan birga , klub uchun mehnat qilgan Davlatov hamisha yodimizda va xotiramizda yashaydi.
Lyubushin Valeriy Petrovich - “Mashal” klubini asoschilaridan va eng katta mehnati singan insolardan biri shubhasiz marhum murabbiy Lyubushindir. “Paxtakor” klubi faxriysi bo'lgan ushbu inson 1988 -1990 yilda klubimizda bosh murabbiy bo'lib ish olib bordi. Undan so'ng ham klubimizda bir necha yillar faoliyat olib borgan Lyubushin 2011 yilda vafot etdi.
QADRLASH
SHaymardonov To'raqul Ishmamatovich
Ayni vaqtda “Mashal” futbol akademiyasida faoliyat olib borayotgan yoshlar murabbiyi SHaymardonov To'raqul Ishmamatovich 1946 yilning 12 mart kuni tug'ilgan.
1965 yildan armiya safida Latviyaning Riga shahri jamoasining “Dovgava” klubi sharafini himoya qila boshladi. 1969 yildan so'ng Qashqadaryoning “Lochin” jamoasiga taklif etildi va vatani jamoasi sharafini himoya qila boshladi. Undan keyin “Qarshistroy” jamoasida to'p surdi. 1971 yilgacha hujumchi bo'lib o'yin ko'rsatgan qahramonimiz yuzlab gollari bilan jamoasini g'alabalarini taminlagan. 1988 yildan keyin Muborakka qaytdi va “Gazchi” klubida faoliyatini boshladi. SHundan keyin “Mashal” jamoasida klub boshlig'i lavozimida faoliyat olib bordi. Bu vaqt davomida 2000-2001 yillarda Buxoroning “Neftchi” klubida bosh murabbiy bo'lib ish olib bordi. 2001 yildan so'ng ayni kungacha “Mashal” futbol akademiyasida yoshlar murabbiyi sifatida ish olib bormoqda. “Mashal” klubidagi 20 yillik mehnati davomida ko'plab shogirdlar etishtirib kelmoqda.
Qadr oliy nematdir. Klubimiz rivoji yo'lida qilingan har qanday mehnat biz uchun qadrlidir.
XOTIRA MUQADDAS. BAHROM VAFOEV HAQIDA
Bugun “Xotira va qadrlash kuni”. “Mashal” ushbu kunda eng avvalo Muborak futboli asoschisi Bahrom Vafoevni esga oladi. 34 yillik umri davomida katta tarixiy ishlarni amalga oshirgan Bahrom Vafoev “Mashal” uchun asoschi hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida futbolni rivojlantirishga avvaldan zamin bor edi. Milliy chempionatimizga asos solingunga qadar gazchilar shaharchasining Fakel jamoasi sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasi, O'zbekiston kasaba-uyushmalari jismoniy tarbiya jamoalari Respublika birinchiligida qatnashib kelgan. Bir so'z bilan aytganda, Muborak futbolining o'ziga xos tarixi bor edi.
CHo'lni o'zlashtirib, shahar barpo etishda asosan yoshlar javlon urishgan. 1980 yillar boshida ulg'ayib borayotgan yosh shaharning mehnatsevar yoshlari futbol jamoasini tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. Muborak texnologik transport va maxsus texnikalar korxonasining rahbari Bahrom Vafoevning say-harakatlari tufayli 1982 yili futbol jamoasiga asos solindi. Birinchi mavsumdayoq katta maqsadlarni ko'zlagan futbolchilar viloyat birinchiligida muvaffaqiyat qozonib, Respublika birinchiligiga yo'llanma olishdi. SHu yillarda aynan Bahrom Vafoevning tashabbusi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Muborak gaz ishlab chiqarish boshqarmasi, boshqa xomiylar ko'magi hamda hashar yo'li bilan shahar markazida stadion qurib bitkazildi. Ushbu stadion ayni paytda aynan Bahrom Vafoev xotirasi uchun uning nomi bilan ataladi.
1987 yilda 34 yoshni qarshi olgan Vafoev vafot etdi.
Bugun “Mashal” PFK rahbarlari, futbolchilari, murabbiylari, muxlislar birgalikda Bahrom Vafoev xotirasini yodga olishdi. Qabrini gullarga burkab , Quron tilovat qilindi.

Fikrlar