"Manchester Yunayted" Pogbani APL tarixidagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishga tayyor
07 jan 2022 15:41
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Pogbani APL tarixidagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishga tayyor
MYU rahbarlari yarim himoyachi Pol Pogba bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga yana urinib ko'rishadi.
Manchesterliklar franciyalik xavbekka haftasiga 500 ming funt (~600 ming evro) taklif qilishga tayyorlar. Agar tomonlar kelishuvga erishishsa, Pol Angliya chempionati tarixidagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylanadi.
Pogba va "qizil iblislar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
28 yoshli o'yinchi joriy mavsum APLda 9ta o'yinda maydonga tushib, 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar