So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Mutolaa uchun. "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi SHveciyada kelishilgan o'yin tashkil qilmoqchi bo'ldi, biroq o'xshamadi Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi SHveciyada kelishilgan o'yin tashkil qilmoqchi bo'ldi, biroq o'xshamadi

Dikson Etuxuni 5 yilga futboldan chetlatishdi.

Balki Siz uni eslay olmassiz. Nigeriyalik tayanch yarim himoyachisi 2001 yili "Manchester Siti" tarkibida Ikkinchi ligada o'ynagan. Etuxu jamoani Premer-ligaga olib chiqishda o'z yordamini ayamadi, biroq keyinchalik uning klubdagi vaqti ham o'z yakuniga etdi. U "Preston"da o'ynadi. Keyinchalik Devid Moyes boshqarayotgan "Norvich" unga katta pul taklif qildi.

Dikson 2007 yilda APLda ko'rinish berdi. U "Sanderlend"da bir, "Fulxem"da 4 mavsum o'tkazdi va Evropa ligasi finalida "Atletiko"ga qarshi 120 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi. 2012 yilda esa Etuxu CHempionshipga qaytdi va "Blekbern" sharafini himoya qildi, oradan 3 yil o'tib, SHveciyaning AIK jamoasiga o'tib ketdi.

Etuxu sobiq jamoadoshiga o'yinni "topshirishi" uchun 160 ming funt taklif qilgan. U esa buni kattalarga aytib bergan

2016 yilning oktyabr oyida Etuxuga shartnoma taklif qilishmadi va g'alati ishlar boshlandi. 2017 yilning may oyida u SHveciyaning 5-divizioni vakili "Ressenxolm" jamoasi futbolchisi Alban Yusuf bilan birgalikda Stokgolmdagi restoranlardan biriga AIK darvozaboni Kenni Stamatopulosni taklif qildi.

Suhbatning asosiy maqsadi - sobiq jamoadoshini 160 ming funt evaziga "Geterborg"ga qarshi o'yinni berib yuborishiga ko'ndirish. Solishtirish uchun - SHveciya chempionatida haftalik o'rtacha maosh 2 ming funtni tashkil qiladi. Stamatopulos jamoada ikkinchi darvozabon bo'lsa-da, u o'sha o'yinda jarohatlangan asosiy posbonning o'rnini egallashi kerak edi.

AIKda 2010 yildan buyon o'ynayotgan Kanada terma jamoasining sobiq darvozaboni nafaqat puldan bosh tortadi, balki, buni yuqori amaldorlarga aytib beradi. O'yinni may oyidan avgustga qoldirishdi (AIK baribir uchrashuvda 1:2 hisobida yutqazdi).

"Bu harom pullar va haqiqiy bosh og'riq edi. Yaxshiki vaziyatni menga tushuntirishdi va ular o'yinni o'ynamasligini aytishdi, - dedi mamlakat futbol federaciyasi bosh kotibi Xoqon SHostrand. - Biz darvozabonni himoya qilishimiz kerak bo'lgandi. Agarda u xatoga yo'l qo'ysa, qanday voqealar sodir bo'lishi mumkin edi? Bu o'yinning muhimligi yuqori. Muammoni futbol emas, stavkalar tug'dirmoqda".

Etuxu va Yusufning ishini policiya ko'rib chiqdi. 2017 yilning avgust oyida, yani, Stamatopulos bilan uchrashuvdan 2 oy o'tib, Etuxu o'sha "Ressexolm" jamoasi tarkibiga o'tib ketdi va keyinchalik futbol agentiga aylandi.

Ishni olib borgan inspektor Fredrik Gardarening fikriga ko'ra, muammo bukmekerlik kontoralarida. Uning aytishicha, futbol tashqarisidagi kriminallar futbolchilarga bosim o'tkazish uchun agentlarni ishga solishmoqda.

Yosh futbolchilar bunday katta mablag'dan tortina olishmaydi. "Bizda yoshlar ligasi bor, u erda 18dan past yoshdagi futbolchilar o'ynashadi. Ular bolalar. SHveciyada esa 19 yoshgacha bo'lgan ligalarni 80dan oshiq bukmekerlik kontoralari stavka qilishadi, - deb davom etar ekan SHostrand, - Biz ularni nazorat qila olmayapmiz. Stavkalar har bir burchakda bor. Biz bularni topa olmaymiz, kim ekan ular futbolni o'ldirayotgan kimsalar".

37 yoshli Dikson Etuxu baribir qamoq jazosidan qutulib qoldi - 2019 yilning noyabr oyida uni sud qilishdi va sobiq futbolchini 5 yilga futbol ishlaridan chetlatishdi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика