"Manchester Siti"da koronavirusga chalinganlar 7 nafarga etdi. "Chelsi" va MYU bilan o'yinlar qoldirilishi mumkin

Tolibjon Qosimov
29 dek 2020, 13:04
"Manchester Siti" klubida koronavirus yuqtirib olish holatlari qayd etilmoqda.

Ayni shu sabab APL 16-turi doirasida "Everton"ga qarshi o'tishi kerak bo'lgan kechagi bahs qoldirilgandi.

Rasman! "Everton" – "Manchester Siti" uchrashuvi qoldirildi

"The Athletic"ning ma'lumotiga ko'ra,  yakshanba kuni "shaharliklar"ning yana 3 nafar futbolchisida Covid-19 ga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Klub juma kuni Gabriel Jezus va Kayl Uoker, bundan tashqari yana ikki nafar xodim koronavirus yuqtirib olganini e'lon qilgandi. Barcha futbolchilarda kasallik asoratlarsiz o'tmoqda, klub ularga mashg'ulot o'tkazish uchun individual reja tuzib bergan.

Ayni paytga kelib klubda virus yuqtirib olganlar soni 4 kun ichida ettiga etdi.

Yakshanba kuni test topshirilgan, javoblari esa dushanba kuni ertalab chiqqan. Shundan so'ng "Man Siti" APL va "Everton" vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Yakunda virusni "irislar" vakillariga ham yuqtirishning oldini olish maqsadida o'yin qoldirildi.

Agar "Siti" futbolchilaridan yoki xodimlaridan kimdir ijobiy test topshirsa, jamoa mashg'ulotlarga qaytish uchun ruhsat ololmaydi. Bunday holatda APL doirasida "Chelsi"ga qarshi to'qnashuv (3 yanvar) va Liga kubogi yarim finali doirasida MYUga qarshi uchrashuv (6 yanvar) qoldirilishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, Emerik Laport, Ilkay Gyundogan va Riyad Marez allaqachon koronavirus bilan kasallanib bo'lishgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: theathletic.com