“Manchester Siti” futbolchilaridan navbatdagi qoyilmaqom natija
09 iyu 2020 09:14
Yangiliklar
“Manchester Siti” futbolchilaridan navbatdagi qoyilmaqom natija
“Manchester Siti” APL 34-turi doirasida “Nyukasl”ni 5:0 hisobida tor-mor qildi.
Ushbu o'yinda Riyad Mahrez o'z nomiga bitta gol yozdirib qo'ydi. Natijada futbolchining joriy mavsum APLdagi gollari soni 10 taga etdi. Undan tashqari “Siti”ning yana 4 nafar futbolchisi APL joriy mavsumida 10+ gol urgan. Gabi Jezus va Kevin de Bryuyneda 11 tadan, Rahim Sterlingda 13 va Serxio Aguero hisobida 16 ta gol mavjud.
APLning bir mavsumida bitta klub safida bir yo'la 5 nafar futbolchining 10+ gol urishi ilk bor sodir bo'lmoqda.
Fikrlar