Gvardiola "Monako"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
2 okt 2025, 10:05
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL 2-turida "Monako"ga qarshi o'yin (2:2) haqida fikr bildirdi.

"Uchrashuv yomon o'tmadi. Biz bir nechta vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq bahs so'nggida noto'g'ri harakatimiz evaziga penalti belgilandi. Nima bo'lgan taqdirda ham bizda bir ochko bor va biz buni qabul qilishimiz kerak. Penalti bor yoki yo'qligini ayta olmayman. Biroq hakam penalti berishga qaror qildi", - deb fikr bildirdi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahsda Abduqodir Husanov jarohat sababli maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: skysport