So’nggi yangiliklar

11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  0 10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  15 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9

Maksim SHackix: "Al Fayha"ni yutishimiz kerak, qolgani keyingi darajada. Afsuski, hammasi o'zimizga bog'liq emas" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Al Fayha"ni yutishimiz kerak, qolgani keyingi darajada. Afsuski, hammasi o'zimizga bog'liq emas"

Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Fayha" bahsi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda "sherlar" bosh murabbiyi Maksim SHackix va hujumchi Po'latxo'ja Xoldorxonov qatnashishdi.



"Hammaga xayrli kun. Ertaga OCHL guruh bosqichidagi oxirgi o'yinimizni o'tkazamiz. SHuning uchun sifatli futbol ko'rsatishga intilamiz. Yilni yaxshi kayfiyatda tugatishni xohlaymiz. Muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz. Keyin esa og'ir o'tgan mavsumdan keyin dam olamiz", – dedi SHackix. 



"Hammaga salom. Jamoamiz azolarining kayfiyati alo. O'yinga hamma tayyor. Guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz saqlanib qolgan. Ertaga g'alaba qozonishga harakat qilamiz", – dedi Xoldorxonov.



- Jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlari past – bu qolgan raqiblarga bog'liq. Jamoaga nima etishmadi yoki bor imkoniyati shumi?

- Aytganimdek, imkoniyatlardan foydalanishda oqsadik. Ayniqsa, ikkita o'yinimizdagi natija qimmatga tushdi. "Ahal" bilan o'yinda maydon xalaqit qildi. Biz hosil qilgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Bu biz uchun tajriba bo'ldi. OCHL mening ilk musobaqam edi – tajriba orttirdik, xatolarni ko'rdik. Endi keyingi yilda raqiblar darajasini taxminan bilamiz.

Ertaga "Al Fayha"ni yutishimiz kerak, qolgani keyingi darajada. Afsuski, hammasi o'zimizga bog'liq emas. Bu – futbol. Asosiysi, chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonishimiz lozim. 

- "Al Fayha"ning o'yinlarini kuzatib bordingizmi? Jamoa oldingiga qaraganda qanchalik o'zgargan?

- Ha, kuzatib bordik. Mahalliy va OCHL doirasidagi o'yinlari katta farq qiladi. Futbolchilari ham musobaqaga qarab o'zgaradi. Qanday futbolchilar bilan bu erga kelganidan ham xabarimiz bor. Ularda ham, bizda ham katta muammolar bor, jarohatlanganlar ko'p. Bizda guruhdan chiqish uchun kurashish imkoni bor, ularda esa yo'q. Ertaga hujumkor va tajovuzkor o'yin namoyish etamiz.



- Futbolchiga savol. Siz uchun "Paxtakor" safidagi bu yilgi mavsum qanday o'tdi?

- Birinchi davrada terma bilan birga bo'ldim. Klubda unchalik o'yin amaliyoti bo'lmadi. Mavsumning ikkinchi qismida "Paxtakor"ga qo'shildim va qo'ldan kelganicha harakat qildim. Vazifamizni uddalab, chempion bo'lishga ham erishdik.



- Hojimat Erkinov Superliga va OCHLda ikki xil o'yin ko'rsatmoqda. Ertangi o'yinga uni qanday tayyorlayapsiz?

- Uni har o'yinga astoydil tayyorlashga harakat qilamiz. Har doim ham unga etkazib berolmayapmiz. Har kuni muloqot qilamiz va uning kuchli tomonlari haqida gaplashamiz. U buni bajarsa, ko'rganingizdek, foyda keltiradi. Superliga va OCHL ikki xil musobaqa, farq uni chempionatimizda yaxshi bilishlarida bo'lsa kerak. U OCHLda erkinriq o'ynab, muvaffaqiyat qozonmoqda.

- Dilshod Saitov qishki transfer oynasi vaqtida legionerga aylanishi kutilmoqdami?

- Ha, unga bildirilgan takliflar bor. Unga arablar tomonidan qiziqish bo'lmoqda. Ko'ramiz, muzokaralar olib boramiz. Biz uchun futbolchining fikri muhim. Unda yarim yil ijarada o'ynab qaytish varianti ham bor. 

Bizning siyosatimiz shundan iboratki, agar futbolchida boshqa jamoaga ketish varianti bo'lsa, biz uni qo'yib yuborishga tayyormiz. Futbolchining umri qisqa, chetga ketib, kuchliroq jamoalarda o'ynashi, pul ishlashi kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика