So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  0 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  79 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

"Makkabi" Messi CHLda gol urgan 39-jamoaga aylandi. Leo asosiy evrokubok musobaqasida kimlarga gol ura olmagan, ular nechta? Yangiliklar

"Makkabi" Messi CHLda gol urgan 39-jamoaga aylandi. Leo asosiy evrokubok musobaqasida kimlarga gol ura olmagan, ular nechta?

Bunday klublar atigi beshta.

Xayfaning "Makkabi" jamoasi Leo Messi CHLda gol urgan 39-klub bo'ldi. Argentinalik endilikda bu ko'rsatkich bo'yicha yaqqol peshqadamlik qilmoqda — uning bosh raqobatchisi Krishtianu Ronaldu bosh evrokubok musobaqasida 38ta jamoa darvozasini ishg'ol qilgan.


Ammo, CHL tarixidagi shunday jamoalar borki, Leo ular darvozasini ishg'ol qila olmagan. Bunday klublar atigi 5ta — "Rubin", "Inter", "Atletiko", "Benfika" va "Udineze". Keling, bugun shu haqda gaplashamiz.


"Rubin"


Leo "Rubin" bilan CHLda to'rt bor to'qnash kelgan. Qozonliklar buyuk "Barsa" bilan ikki marta bitta guruhga tushishgan — 2009/10 va 2010/11 yilgi mavsumlarda. "Rubin" darvozasini barcha o'yinlarda Sergey Rijikov qo'riqlagan — posbonga Messi 238 daqiqa davomida darvozasiga biror marta gol ura olmagani yoqimli bo'lsa kerak.


CHL 2009/10 yilgi mavsum javob o'yini oldidan ("Rubin" ilk o'yinda "Kamp Nou"da g'alaba qozongandi — 2:1) argentinalikdan Qozondagi o'yinning muhimligi haqida so'rashdi.


"Bahslashmayman, o'yin muhim. Lekin umidsizlikka tushmasligimiz kerak, sababi oldinda ko'p o'yinlar bor. Barselonada shunchaki bizga omad kelmadi. Biz yaxshiroq o'ynashimiz mumkinligini bilamiz. Bizda qasos olish hissi yo'q", — deb javob bergandi Leo.



O'yin 0:0 hisobida yakunlandi. O'shanda bir necha seyvlar amalga oshirgan Rijikov argentinalikdan hayratda qolgandi. "Messi — xavfli o'yinchi, u barchasini biladi! Biz 2:1 hisobida "Kamp Nou"da yutganimizda, mehmonxonadagi nomerda uxlay olmagandim va Roman SHaronovga aytgandim: "Men chap yoki o'ngdan pas berishini kutganimda, u kesib pas beradi. Bu futbolning boshqa darajasi, umuman boshqa", — deb eslaydi darvozabon.


Messi 2009/10 yilgi mavsum "Rubin"ga qarshi umumiy 58 daqiqa o'ynadi. Leo jarohati sabab Markaziy stadionda o'tadigan bahsni o'tkazib yuborishi mumkin edi, Qurbon Berdiev esa shunday degandi: "Messi darajasidagi o'yinchi — Xudoning sovg'asi, futbol merosi. Bunday futbolchilar o'yinlarning taqdirini hal qilishadi. Bir tarafdan, Messining o'yinga tushishini juda ham xohlayman. Boshqa tarafdan esa dunyoda argentinalikni maydonda o'z jamoasiga qarshi ko'rishni istaydigan birorta murabbiy yo'q".


Messi 60-daqiqada maydonga tushdi: ikki bor xavfli zarba berdi va jarima zarbasini ijro etdi, ammo "Barsa"ga o'yinni yutishda yordam bera olmadi — bahs 1:1 hisobida yakunlandi.


"Inter"


Messi "Inter"ga qarshi to'rtta o'yindan uchtasini 2009/10 yilgi mavsum CHLda o'tkazgan. Jamoalar o'shanda guruhda ikki bor o'ynashgan (Messi faqatgina mehmondagi o'yinda qatnashgan), keyin esa yarim finalda ikki bor.



Joze Mourinyu o'shanda "Inter"dan o'tib bo'lmas mudofaa qurgandi. To'rt himoyachi Xaver Zanetti — Valter Samuel — Lusio — Maykon, shuningdek darvozabon Julio Sezar argentinalik va butun "Barsa"ni yarim finallarda havodan to'sib qo'yishdi va Pep Gvardiola jamoasiga ketma-ket ikkinchi bor CHL sovrini olishga yo'l qo'yishmadi. Yarim finallardagi g'alabalardan so'ng Mourinyu o'zining mashhur yugurishini amalga oshirdi, finaldagi g'alabadan so'ng esa "Inter"dan ketishini elon qildi — Joze "Real"ni qabul qilib oldi va Messi bilan uchrashuvlar ko'paydi.


"Barsa" "Inter" bilan CHLda faqatgina 8 yildan so'ng uchrashdi — 2018/19 yilgi mavsum guruh bosqichida. Leo o'shanda jarohati sabab ikki o'yinni ham o'tkazib yubordi. Ammo, kelasi mavsum taqdir "Barsa" va "Inter"ni yana bitta guruhga tashladi va unda argentinalik bitta o'yin o'tkazdi. Messi yana gol ura olmadi — ammo Luis Suaresning g'alabali goli assistentlik qildi.


"Atletiko"


Messi Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi umumiy 43ta o'yin o'tkazgan va 32ta gol urgan. Paradoks, ammo Leo CHLda madridliklar darvozasini to'rtta o'yinda ham ishg'ol qila olmagan.


Messi va "Atletiko" ikki bor chorak finallarda to'qnash kelishgan — 2013/14 va 2015/16 yilgi mavsumlarda. Aytgancha, "Barsa"ga Messining gollari juda ham etishmagan — ikki holatda ham kataloniyaliklar ikki o'yinlik seriyada mag'lub bo'lishgan. Qayd etish kerakki, 2013/14 yilgi mavsum madridliklar darvozasini Tibo Kurtua, 2015/16 yilgi mavsumda esa Yan Oblak himoya qilgan.



Diego Simeone Messini zararsizlantirish vazifasini yomon bajarmagan — masalan, 2015/16 yilgi mavsum chorak finallarda Leo maydonda 180 daqiqa o'tkazib, atigi bir bor darvoza tomon aniq zarba bergan.


"Benfika"


Messi CHLda "Benfika" bilan ilk bor 2005/06 yilgi mavsumda to'qnashi kelishi mumkin edi, ammo argentinalik o'shanda jarohat sabab portugal jamoasiga qarshi ikki chorak final o'yinini ham o'tkazib yuborgan.


Leo ilk bor "Benfika" bilan 2012/13 yilgi mavsum asosiy evrokubok musobaqasida uchrashgan — ispanlar va portugallar bitta guruhga tushishgan. Argentinalik mehmondagi o'yinda gol urmagan, ammo baribir yuqori klassini ko'rsatgan — ikki o'yinda ham Aleksis Sanches va Sesk Fabregasning gollariga pas bergan holda assistlar qayd etgan.



Javob o'yini hech narsani hal etmadi, shu sabab "Barsa" ilk daqiqalardan o'yinda aralash tarkibni tushirdi. Messi maydonga o'yin tugashiga yarim soat qolgan tushirildi — bahs 0:0 hisobida tushirildi.


"Udineze"


SHunday vaqtlar bo'lganki, Udine klubi muntazam ravishda evrokuboklarda o'ynagan — 2005/06 yilgi mavsum hatto "Barselona" bilan bitta guruhga tushgan, bu vaqtda 18 yoshli Messining karerasi endi avj ola boshlagandi.



Leo "Udineze"ga qarshi yagona o'yinda maydonda 70 daqiqa o'ynadi, ammo samarali harakat amalga oshira olmadi. Ammo, o'sha o'yinda Ronaldino xet-trikka erishdi, uch yildan so'ng o'zining 10-raqamini Leoga berdi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика