Luis Enrike Pedroni "Arsenal"ga o'tishiga ruxsat bermagan, shu sababli Sanches bilan xayrlashgan
25 dek 2014 16:47
Yangiliklar


Luis Enrike Pedroni "Arsenal"ga o'tishiga ruxsat bermagan, shu sababli Sanches bilan xayrlashgan
"Barselona" hujumchisi Pedro bu mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin edi.
Pedro Kataloniya klubi sobiq bosh murabbiyi Xerardo Martinoning ishonchiga kira olmagan va jamoadan ketish haqida o'ylagan. Yozgi tanaffusda Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga "Arsenal" qiziqish bildirga edi, ammo "Barselona" Pedroni sotilmasligini elon qilgan. Ko'k-anorranglilar uning o'rniga Aleksis Sanches bilan xayrlashishga qaror qiladi va chililik futbolchi "Arsenal" safini to'ldiradi. Luis Enrike Pedroga "Barselona"ni tark etishga ruxsat bermagan edi.

Fikrlar