
Pedro Kataloniya klubi sobiq bosh murabbiyi Xerardo Martinoning ishonchiga kira olmagan va jamoadan ketish haqida o'ylagan. Yozgi tanaffusda Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga "Arsenal" qiziqish bildirga edi, ammo "Barselona" Pedroni sotilmasligini e'lon qilgan. Ko'k-anorranglilar uning o'rniga Aleksis Sanches bilan xayrlashishga qaror qiladi va chililik futbolchi "Arsenal" safini to'ldiradi. Luis Enrike Pedroga "Barselona"ni tark etishga ruxsat bermagan edi.