"Los Anjeles Gelaksi" himoyachisi Ibragimovich yomon ko'radigan o'yinchilardan birini aytdi
07 may 2020 10:20
Yangiliklar


"Los Anjeles Gelaksi" himoyachisi Ibragimovich yomon ko'radigan o'yinchilardan birini aytdi
"Los Anjeles Gelaksi" himoyachisi Mikael Siani shveciyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan bo'lgan suhbatlardan birini esladi.
38 yoshli shved 2018 yilning martidan 2019 yilning dekabriga qadar "Gelaksi" sharafini himoya qilgan.
"Men Zlatan bilan uning PSJdagi sobiq murabbiyi Loran Blan munosabatlari haqida gaplashdim. Uning aytishicha, ularda hammasi joyida bo'lgan. U PSJda Kavanini yoqtirmagan. Ibra faoliyati davomidagi futbolchilar orasida eng yomon ko'radiganlaridan 4 nafarini aytdi. Ular orasida Kavani ham bor edi", - deydi Siani.
Kavani gol urish bo'yicha PSJ rekordchisi hisoblanadi. Ungacha esa Ibragimovich rekordchi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar