"Lids"ning 5 yoshli muxlisi "Brayton"ga xat yubordi
19 apr 2020 10:40
Yangiliklar


"Lids"ning 5 yoshli muxlisi "Brayton"ga xat yubordi
"Lids"ning 5 yoshli muxlisi Daniel Oton "Brayton"ga xat jo'natdi.
U o'z xatida sevimli futbolchisi Ben Uayt ekanligini yozib o'tdi. Gap shundaki, Ben ayni damda "Lids" tarkibida ijara asosida o'ynamoqda. Uning transfer huquqi esa "Brayton"ga tegishli. Yosh muxlis ushbu futbolchi jamoaning to'laqonli azosiga aylanishi uchun o'zining barcha - 15,07 funt pulini berib yuborishga tayyor ekanligini yozib o'tdi.
"Brayton" esa bu xatga jiddiy etibor qaratdi va rasmiy javob ham yubordi. Klub Danielga minnatdorlik bildirdi, biroq murabbiylar shtabi Uaytdan katta umidlari borligini va u sotilmasligini malum qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar