So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  44 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  30 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Legioner futbolchi va murabbiylar o'zbek futboliga foydami yoki zarar? Yangiliklar

Legioner futbolchi va murabbiylar o'zbek futboliga foydami yoki zarar?

Keling bir tahlil qilib ko'raylik!

Hozirgi kunda O'zbekistondagi deyarli har qanday futbol klubida legionerlar mavjudligi hech kimga sir emas. Balki bu mamalakatimiz futbol klublari o'rtasida “o'zini hurmat qiladigan klub yoki, deylik, o'zini professional va eng yaxshi deb hisoblaydigan jamoa, bir fuqarollika ega bo'lgan futbolchilardan iborat bo'lolmaydi va bo'lmasligi kerak” degan tushuncha paydo bo'lganidandir. Sizning nuqtai nazaringizni ham hurmat qilaman albatta!
Ushbu yondashuvdan asosan o'z jamoasini boshqa mamlakatning eng kuchli futbolchilari va murabbiylarlari hamda boshqa mutaxassislari bilan to'ldirishni va kuchaytirishni istaydigan o'zbek klublari foydalanishmoqda? Menimcha, bu fikr asosan xorijdan taklif etilgan mutaxassislar tomonidan taklif etilmoqda va mamlakatimiz klublari ushbu takliflarni foyda va zaralarinini o'rganmay turib ularning takliflarini qabul qilmoqda. Quvonarlisi shundaki, har bir milliy chempionatda legionerlar sonida cheklovlar mavjud. Bu qoida milliy chempionat chinakam milliy bo'lib qolishi uchun belgilanganligini anglatadi. Endi o'ylab ko'ring, O'zbekiston futboli uzoq vaqtdan beri malum mutaxassislarni, shuningdek boshqa davlatlardan kelgan futbolchilarni jamoalariga jalb qilish tajribasidan nimaga erishdi? Bu jamoalarimizga qanday dars bo'ldi foydalimi yoki zararli?! Ularning barchasi o'z vazifalarini vijdonan va professional ravishda bajarganmi va bajarishayaptimi?



Legioner - bu o'ziga xos, mahalliy o'yinchilardan yaxshiroq o'ynaydigan va shunga yarasha ishlashga majbur bo'lgan futbolchi. Albatta tushunarliki, buning uchun uning maoshi ham bizning mahalliylarga qaraganda 2-3 baravar yuqori bo'lishi shart. Har holda ular shunday deb hisoblaydilar biz esa ularni bu fikrlarini va talablarini har tomonlama qullab-quvvatlaymiz. SHu bilan birga, ular orasida umuman o'ynamaganlari ham mavjud. Ular shunchaki shartnomada ko'rsatilgan maoshlarini olishib yotishgan va qandaydir bir mahalliy futbolchini joyini, imkoniyatlarini egallabyuravergan. Klub ham bunga ko'z yumushga majmur. Sababi, klub rahbariyatlari muddatidan oldin bu kabilarni ishdan bo'shatgani uchun ularga tovon puli to'lashi aniq va ravshan tushunishadi. Sizni ishontirib aytamanki, har bir legioner o'zimizning tajribali va iqtidorli mahalliylardan ko'ra ko'proq narsaga ega bo'ldi. Agar klub yuqorida aytilganlarning barchasini inobatga olmasdan, shunchaki o'yinchini qo'yib yuborishga qaror qilgan bo'lsa, u albatta sud jarayonlari girdobiga sho'ng'igan! Ammo bu vaziyatda ham klub o'zining haqligini isbotlolmaydi! Yaqinda kuzatganlarim natijasida shuni guvohi bo'ldimki, FIFA tomonidan ko'rib chiqiladigan barcha sud jarayonlari asosan bir tomonlama hal qilingan. Sizningcha, kimning foydasiga? To'g'ri, xorijliklarning. Barcha legionerlar va chetdan kelgan murabbiylarning, mutaxassislarning o'zbek klublaridagi faoliyatini tahlil qilib ko'rsangiz, ularning ko'pchiligi, deyarli barchasi klublardan pullarni g'aroyib miqdorda olishganiga yoki undirishganiga va achinarlisi buning evaziga klublar kutilgan muhim natijaga erisha olmaganiga guvoh bo'lasiz. Ustiga-ustak, natijada yana o'zbek klublari, yumshoq qilib aytganda, masuliyaciz firibgarlar va yolg'onchilar nomiga ham ega bo'lishdi. Ehtimol, ko'pchilik bu fikrni men bilan bo'lishmaydi, lekin men ishonamanki, O'zbekistonda jahon darajasidagi o'yinchilar unchalik ko'p emas. Agar o'zbek futbol klublarining barcha mutaxassislari va ularning tepasida turgan homiylari, shu jumladan futbol o'ynashni biladigan yoki bizning mahalliy klublarga qaraganda ozroq yaxshiroq ko'rsatmalar bergan chet ellik o'rtoqlarimizni jalb qilmasa, yaxshi bo'larmidi?! Agar buning umuman iloji yo'q deb hisoblaydiganlar bo'lsa, buning o'rniga, chet el klublaridan mutaxassislarni qisqa muddatli sharnomalar asosida taklif qilish va jalb qilish amaliyotini sinab ko'rish maqsadga muvofiq bo'lardi. Masalan, “Gannover 96” dan mutaxassislari yoki murabbiylarini yoki mamlakatimizga avval ham tashrif buyurgan va haqiqatdan ham tajribasi, foydali maslahatlari va ko'rsatmalari bilan bo'lishgan, juda yaxshi taassurot qoldirgan va o'zbek futboliga oz bo'lsada foydasi tekkanlar bilan 1-2 oyliklik shartnoma tuzib tajriba almashsa ham bo'ladiku. Bunga misol qilib Andrey Vaybertni keltirish mumkin.

So'nggi paytlarda o'zbek futboliga nisbatan tanqidlar tobora ko'paymoqda. Xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyacizliklar mamlakat futbolidagi muxlislarning hech biriga g'urur bag'ishlamaydi. Buning ustiga, otni kallasidek maosh olayotgan chet ellik futbolchilar va murabbiylarning faoliyati istalgan va kutilgan natijani bermayapti. Agar klublarimizning chet ellik sheriklar oldidagi qarzdorliklar, to'lanmay qolgan to'lovlar, kompensaciyalar bo'yicha davolar bilan bog'liq nizolarini, murosalarini sonini hisobga oladigan bo'lsak, vaziyat mutlaqo ayanchli ekanini ko'rishingiz mumkin.

Sizga o'zbek klublari tajribasidan bir misol keltiray. “Nasaf”dan boshlaylik. Klub legionerlari orasida uzoq yillar davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan va yaxshi natija ko'rsatgan futbolchilari bor edi. Ammo bu natijalar uning klubdan olgan xarajatlari va haqlarini oqladimi, deb kim o'ylab ko'rdi. Sizni ishontirib aytamanki, ushbu futbolchilarning biriga to'langan mablag' evaziga butun yil davomida ushbu klubning bolalar va o'smirlar akademiyasini qo'llab-quvvatlashga va yuritishga etarli edi.



Endi G'uzorning "SHo'rtan" klubi tajribasiga nazar tashlaymiz. Bunday tajriba almashish asosida milliy chempionat oliy ligasidan butunlay chiqib ketgan va bugungi kunga qadar o'z poziciyasini isbotlay olmayotgan klubni ko'rishimiz mumkin holos. Klub chet ellik o'rtoqlari - Urosh Milosavlevich, Predrag Vuyovich, Igor Kriushenko, V.Varivonchik, Tadeushga va yana allaqandaydir futbol agentiga katta miqdorlarda to'langani va qaysidir qismi malum sabablarga ko'ra qarzdorligicha qolayotgani, ushbu klub bunday tajribadan faqat zarar ko'rganligini tasdiqlaydi va bu zarar juda ulkan. Agar ushbu janoblarga klub tomonidan to'langan va yuqorida aytilgan sud jarayonlari orqali ular olgan va undirishda davom etayotgan pul miqdorini hisob-kitob qilsak, tumanda yana bir “SHo'rtan” kabi ajoyib infratuzilmali klub barpo qilish mumkin edi. O'zbekistonning deyarli barcha klublari bunday vaziyatga duch kelishdi.

Qolaversa, o'zbek klublarida chet ellik "mutaxassislar" rahbar lavozimlariga tayinlangan holatlar ham bo'lgan va bu davom etib ham kelmoqda.

Masalan, "Bunyodkor" ni olaylik. Bu klub tarkibiga qandayin taniqli shaxslarni taklif qilmagan deysiz - Rivaldo, Ziko, Eduardo Antunees Koimbra, Skolari, Lushan barchasini sanab o'tirmayman. SHu kungacha ham ushbu klubda xorijiy do'stlarimiz bilan tortishuvlar va ular oldida qarzdorliklar mavjud. Mamlakatimizning megapolis klubi qanday darajaga ko'tarildi, jamoa qanday natijalarni ko'rsatdi, bundan o'zbek futboli qanday foyda ko'rdi? "Navbahor" - bugungi kunda ham sud jarayonlaridan halos bo'lish uchun kurashib kelmoqda, nafaqat Belenkov oldida. Sushkin bilan murosalar "Neftchi" da hamon dolzarb bo'lib qolmoqda. Bir paytlar legionerlar va xorijlik murabbiylarning "yordamiga" tayangan "Andijon", "Buxoro" va boshqa barcha klublar, yaxshi holatda natijasiz qolishdi, eng yomoni vaziyatlarda esa katta nohaq qarzlar va kompensaciyalar bilan “QARZDOR” yoki “AYBLANUVCHI” bo'ldi-qoldi. Vaziyat achinarli albatta.



Balki to'xtab, boshqa mamlakatlar tajribasidan o'rganishga harakat qilishimiz kerakdir. Masalan Germaniyadan, Evro-2004dagi muvaffaqiyacizlikdan so'ng va Germaniya futbol uyushmasi yoshlar futbolini rivojlantirishga faol kirishdi. Bolalar va o'smirlar akademiyalari uchun 387 ta yangi maydonlar ochildi, murabbiylar soni ko'paydi va futbolchilarni rivojlantirish bo'yicha mutlaqo yangi dastur paydo bo'ldi. Bundesliganing 2014 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatining poydevori aynan o'sha davrlarda qo'yilgan edi. SHuningdek, ushbu mamlakatda trenerlar (murabbiylar) uchun eng mashhur trening maktabi - "Gannover 96" joylashgan. Umuman olganda, Germaniya dunyodagi eng ko'p futbol klublariga ega bo'lgan mamlakatdir - taxminan 25000. Bir qarashda ushbu mamlakatning har bir nuqtasida futbol klublari mavjudmi degan fikr paydo bo'ladi.

Yoki o'ziga xos futbol biznesini qurgan va ko'plab istedodli futbolchilarni ishlab chiqaradigan va ushbu tijoratdan chindan ham yaxshi daromad olayotgan Portugaliya.

Yuqoridagilarni inobatga olib, milliy etakchilarimiz, murabbiylar va vatanparvar futbolchilarimizni izlash va rivojlantirishga etiborni qaratishni taklif qilaman.

Keling, ushbu taklifni va uning ijobiy tomonlarini tahlil qilaylik: Bu o'zbak futboliga nima berishi mumkin?
1. Klublarni yoshlar futbolini rivojlantirish uchun ko'proq mablag' sarflashga majbur qiladi. Bu, aslida, umuman o'zbek futbolida asosiy yo'nalishlardan biriga aylangan bo'lishi kerak edi, shuning uchun bu band alohida ahamiyatga ega bo'lishi va maksimal darajada bajarilishi kerak.
2. Mahalliy murabbiylarni chet elda tayyorlashga etibor qaratish kerak, ularni o'sha erdan taklif qilishning o'rniga. Ammo mutaxassislar taklif qilinsa ham faqat qisqa muddatga (3-4 oy) va muayyan majburiyatlar bilan.
3. Mahalliy murabbiylar o'zlarini ko'rsatishlariga va o'z ustiladida ishlashlari takomillashishlari, bu sohada o'sishlari va rivojlanishlari uchun imkoniyat paydo bo'ladi. Masalan, Jeparov, Kapadze, Nesterov, Aliqulov, Berdiev, Baqoev va boshqa sobiq futbolchilar uchun.
4. Futbolchilar va murabbiylar o'rtasida (stimul) raqobat va raqobatbardoshlik shakllanadi. Menimcha, ko'pchilik o'z mahoratini oshirishni xohlaydi.
5. Qarzlar va chet ellik mutaxassislarga beriladigan ortiqcha to'lovlardan mahrum bo'lgan klublarning moliyaviy ahvoli yaxshilanadi.
6. Terma jamoaning murabbiyi uchun nomzodlarnining munosiblarini tanlash imkoniyati sezilarli darajada kengayadi, chunki O'zbekistonda albatta qobiliyatli yoshlar bor. Ammo biz ularni izlashimiz kerak, ular bilan ishlashimiz kerak.

Fikrimni xulosa qilib, yana savol bermoqchiman.
O'zbek futboli sifatini yaxshilashga chinakam tasir ko'rsatgan biror bir chet ellik murabbiyni yoki futbolchini misol qilib keltira olamizmi? Ularning natijalarini, ustunligini va kuchli tomonlarini ko'rsatib, mahalliy murabbiylarimiz va futbolchilarimiz natijalari bilan taqqoslaganda katta farqni ko'rolamizmi? Ha, faqat maoshlarda! Mahalliy futbolchi va murabbiylarimizning maoshlar bilan solishtirganda ular 5 baravargacha ko'proq olishgan va olishmoqda. Nega chet ellik o'rtoqlarga katta pul to'laysiz? O'zbek futboli bundan kuchli bo'lib ketdimi yoki ketayaptimi?

Zamira Muratova

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика