Lautaroning agenti: "Kim ham Messi bilan o'ynashni xohlamaydi?"
11 apr 2020 13:51
Yangiliklar
Lautaroning agenti: "Kim ham Messi bilan o'ynashni xohlamaydi?"
"Inter" forvardi Lautaro Martinesning agenti Beto Yake mijozining boshqa klubga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Menga Ispaniya, Angliya va Italiyadan ko'plab odamlar qo'ng'iroq qilishdi. Biz matbuotda har xil mish-mishlarni o'qiymiz, ammo hech narsani bilmaymiz. Lautaro bilan "Inter"da hammasi yaxshi.
U shunchaki gollar urishni xohlaydi. Biz uning boshqa klubga o'tishi yoki shartnomasini uzaytirishi borasida gaplashmadik.
Kim ham Messi bilan o'ynashni xohlamaydi deysiz? Lautaro juda ham vazmin. Agar uni katta klublar xohlashsa, bu meni hayratlantirmaydi", - deydi Yake.
Fikrlar